Tizim haqida

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining mazkur sayti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarori bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar dasturining 19-bandida belgilangan  (Jamoat joylarida QR-kodlar yordamida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron kitoblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus tablolarda joylashtirish va ularni mobil qurilmalarga yuklab olish va o‘qish imkoniyatini yaratish) vazifalarni bajarish maqsadida yaratildi.

Tizim aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni yanada oshirish va mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan. Zero, kitob inson aqlini charxlaydigan, uni ma’naviy kamolot sari yetaklaydigan bebaho bir vositadir. Xalqimiz azaldan kitobxonligi va ilm-ma’rifatga intilishi bilan mashhur bo‘lgan. O‘zbekiston hududidagi vokzal va aeroportlarning kutish zallarida, stansiyalarda, bekatlarda bunday imkoniyatning yaratilishi, aholi o‘rtasida kitobxonlikni yuksaltirishga va mutolaa madaniyatini  targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Yo‘lovchilar joriy etilgan virtual kutubxonadan o‘z smartfonlariga tablodagi QR-kodni skanerlab, kitoblarning elektron nusxasini hamda ularning audio- va video variantini uyali telefonlari xotirasiga bepul yuklab, mutolaa qilishlari mumkin.

Adabiyotlar

Qadriabad odamlar

Ibrahim Rahim  

Kitob qahramonlarining ko'pchiligi hammamizga tanish bo'lishi tabiiy. Ha, bo'lar bizning zamondoshlarimiz, o'zlarining erkin, ibratli mehnatlari bilan qadrlarini, demakki, davr va inson qadrini abadiy qilgan zamondoshlarimizdir.


  • 34
  • 9

Muqaddas xazina

-  

Mazkur to'plamning "Muqaddas xazina" deb nomlanishi bejiz emas. Unda rus klassik adiblarining Sizga - bolalarga atalgan eng sara asarlari jamlangan. Ularning ko'plari bilan tanishsiz, albatta.


  • 160
  • 14

Toshqin

Shamsharov Yo'ldosh  

Muallifning "Toshqin" qissasida xalqimiz tarixidagi unutilmas voqea - Katta Farg'ona kanali hasharchilarining fidokorona mehnatlari tarannum etilgan.


  • 139
  • 13

Bog' ko'cha

Farhod Musajon  

Muallifning hikoyalarida esa hayotdagi turli-tuman nuqsonlar tanqid ostiga olinadi.


  • 253
  • 23