Tizim haqida

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining mazkur sayti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarori bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar dasturining 19-bandida belgilangan  (Jamoat joylarida QR-kodlar yordamida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron kitoblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus tablolarda joylashtirish va ularni mobil qurilmalarga yuklab olish va o‘qish imkoniyatini yaratish) vazifalarni bajarish maqsadida yaratildi.

Tizim aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni yanada oshirish va mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan. Zero, kitob inson aqlini charxlaydigan, uni ma’naviy kamolot sari yetaklaydigan bebaho bir vositadir. Xalqimiz azaldan kitobxonligi va ilm-ma’rifatga intilishi bilan mashhur bo‘lgan. O‘zbekiston hududidagi vokzal va aeroportlarning kutish zallarida, stansiyalarda, bekatlarda bunday imkoniyatning yaratilishi, aholi o‘rtasida kitobxonlikni yuksaltirishga va mutolaa madaniyatini  targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Yo‘lovchilar joriy etilgan virtual kutubxonadan o‘z smartfonlariga tablodagi QR-kodni skanerlab, kitoblarning elektron nusxasini hamda ularning audio- va video variantini uyali telefonlari xotirasiga bepul yuklab, mutolaa qilishlari mumkin.

Adabiyotlar

Kulayotgan odam

Viktor Gyugo  

XIX asr Fransiya adabiyotining yirik vakili, yevropa adabiyotida romantizm oqimi asosçilaridan biri Viktor Gyugo "Xörlanganlar", "93-yil", "Parij avliyo bokirasi ibodatxonasi", "Kulayotgan odam" kabi ma'lum va maşhur asarlarning muallifidir. Gyugo asarlaridagi har bir qahramon juda çuqur ijtimoiy-falsafiy mazmunni öziga singdirgan ramziy personajdir. 


  • 33
  • 3

O'n besh yoshli kapitan

Верн, Жюл  

1873 yil fevral. «Piligrim» shxunasi kapitan Gulning qoʻmondonligi ostida Tinch okeanining janubiy qismida boʻlib, kit ovlash mavsumidan soʻng San-Fransiskoga qaytadi. Kema bortida Ueldon kemasi egasining oila a’zolari, shu jumladan uning rafiqasi va o’g "li ham bor. Dramatik voqealar natijasida kema qoʻmondonligini eng yosh dengizchi Dik Sand zimmasiga olishga toʻgʻri keladi va endi u oʻn besh yoshli «Pilgrim» sardori. Suzishni muvaffaqiyatli yakunlashning juda qiyin vazifasi bortdagi hamma ham - vijdon va o’tmishga ega bo’lgan odamlar emasligi bilan murakkablashadi...


  • 115
  • 23

Past tepalikka tanish yo’l

Muhamedov Suhrob  

Suhrob Muhamedov oʻtmishda sport jurnalisti boʻlib, uning qalamida jahon chempioni Rufat Risqiyev haqidagi kitob bor. Yosh yozuvchining hikoya va hikoyalari bir necha bor chop etilgan.


  • 114
  • 23

Somon yoʻli elchilari

-  

Muammolarning keskinligi va xilma-xilligi, hayotiy materialning oʻziga xosligi, Oʻzbekiston fantastika yozuvchilari, jumladan, yoshlarning badiiy mahorati tobora mustahkamlanib borayotgani fantastikamizning xalqaro maydonga kirib borishiga zamin yaratdi.


  • 142
  • 27