Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Guliston
Sa'diy Sheroziy
Sadiy Sheroziyning “Guliston” asari faqat fors adabiyotining emas, umumadabiyotning mulkidir. Ushbu asar 1634 yil- dayoq fransuz va boshqa tillarga tarjima qilingan edi. Mashhur adiblar Gyote, Gyugo va Pushkinlar o‘z davrida bu asardan qattiq ta'sirlanishgan.
Asar falsafiy - didaktik ruhda yozilgan bo‘lib, unda turli ko‘rinishdagi axloqiy masalalarga urg‘u beriladi. “Yomon bo‘lma, yolg‘on gapirma, birovga ozor yetkazma” kabi oddiy, biroq muhim haqiqatlar turfa hikoyatlar orqali badiiy aks ettirilgan.

- 141
- 944
Mantiqut tayr
Fariduddin Attor
Fariduddin Attor sharq mumtoz adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, o'zidan keyin o'tgan barcha buyuk ijodkorlar e'tirof etgan ulkan mutasavvif shoirdir. Jumladan Alisher Navoiy uning "Mantiqul tayr" asarini olti yoshligida yod olgan, umr bo'yi uning ta'sirida yurgan va oltmish yoshlarida "Lisonut tayr" asarini yozib, ustozga chuqur ehtiromini ko'rsatgan.

- 128
- 918
Mahbub ul-qulub
Alisher Navoiy
„Mahbub ul-qulub“ („Koʻngillarning sevgani“) 1500-yilda Alisher Navoiy tomonidan yozilgan asardir. Asar oʻzaro bogʻliq 3-qismdan iborat. 1-qism 40 fasl (bob) ni oʻz ichiga oladi. Bunda muallif oʻz davrining tipik vakillari hayotini tasvirlagan. 10 bobdan tashkil topgan 2-qismda yaxshi va yomon, maqtovga sazovor va nafratga loyiq hislatlar tafsiloti berilgan. 3-qismga masal va hikmatlar kiritilgan. Har bir jumla oʻzaro qofiyadosh. Asarning sajda yozilishi unga alohida badiiy nafosat bagʻishlagan. Asarga baytlar, ruboiylar kiritilib, ular ulugʻ shoir va mutafakkirning hayot haqidagi xulosalarini mujassamlashtirgan.
- 129
- 817
Qobusnoma
Kaykovus
Unsuru-l-Maoliy Kaykovusning «Qobusnoma» asari asosini Qur'oni karim suralari, Muhammad (S.A.V)ning faoliyati va ko‘rsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Payg‘ambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh ne'matiga shukur qilmoq haqida bo‘lib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, san'atni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni o‘rganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi ko‘plab masalalarni o‘z ichiga oladi.
- 246
- 827