Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Yo‘qotganlarim va topganlarim
- Muallif: Said Ahmad
- Janrlar: O'zbek adabiyoti
- Qisqacha mazmuni:
Ushbu kitob muallifi — O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Said Ahmad hozirgi kunda unutilmas xotiralarga aylangan atoqli adabiyot arboblari bilan uzoq vaqg birga bo‘lgan. Ularga safarlarda hamrohlik qilgan. Xalqimiz ardog‘idagi bu benazir insonlarning nurli kunlarida ham, alam-iztirob chekkan onlarida ham yonlarida bo‘lgan. Xotiralarda adabiy to‘kimalar yo‘q. Tasvirlangan voqealar sinchkovlik bilan kuzatilgan, yozuvchining o‘tkir nigohidan o‘tgan sof haqiqatdir. Kitobning birinchi bobida tilga olingan va ajib mehr bilan tasvirlangan ustozlar endi yo‘q. Ular xalqqa, vatanimiz badiiy xazinasiga qimmatbaxo gavharlar qoldirib yo‘qlik sari ketganlar. Kitobning ikkinchi bobida hozirgi kunda ijod qilayotgan va bugungi kunda yetuk yozuvchi bo‘lgan, xalq hurmatiga sazovor bo‘lgan yozuvchilar, kitob muallifi shogirdlari to‘g‘risida qaynoq fikrlar bayon qilinadi. Uchinchi bobda goh nurli, goh nursiz kunlarni boshidan kechirgan muallifning iztiroblari, ko‘p mashaqqatlar bilan topgan iqboli to‘g‘risida ta’sirli fikrlar bayon qilinadi. O‘ylaymizki, bu asar o‘quvchilarni befarq qoldirmaydi. Ularni o‘ylashga chorlab, bu yorug‘ kunlarda yashash baxti qanchalar mashaqqatlar hisobiga kelganini bayon qiladi.
- Yuklab olish: PDF
- Online o'qish: PDF
- Teglar To`plam
- 537
- 2378