Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Hamal
Emil Zolya
Qahraton qish sovug'ida ham, bahorning pilch-pilch pallasida ham yog'och boshmoqlarini to'qillatib, ko'mir konlariga borib kelayotgan zahmatkashlar hayoti naqadar ayanchli...
Qorong'i yer ostidagi og'ir mehnat, qashshoqlik, hukmron sinfning zolimligi shaxtyorlarda norozilikni kuchaytirib, ularni yorug' kelajak uchun kurashga otlantiradi, biroq ularning uyushqoqsizligi tufayli kurash barbod bo'ladi, ammo shaxtyorlar yorqin kelajak uchun kurashni davom ettirish orzusi bilan yashay boshlaydilar.
Bu voqealar ulug' fransuz yozuvchisi Emil Zolyaning «Hamal» («Жерминаль») romanida keng yoritilgan.
- 57
- 306
Ko'zgular
Najib Mahfuz
Najib Mahfuz asarlarining mazmun jihatidan hayotiyligi, obrazlarining ishonarligi, ularda oddiy insonga xos his-tuyg'ular, fikr va uylar haqida so'z borishi, tilining sodda va ravonligi kabi ko'plab yaxshi xususiyatlar adibning faqat arab Sharqidagina emas, balki butun dunyoda nom qozonishiga sabab bo'ldi. Uning qator asarlari juda ko'p tillarga, shu jumladan, rus tiliga ham tarjima qilingan.
- 54
- 266
Chingachguk fojiasi
Jeyms Fenimor Kuper
Mashhur amerikalik adib Fenimor Kuperning o‘zbek kitobxoniga havola qilinayotgan ushbu romani "Ko‘n Paypoq" beshlik -pantalogiyasining to‘rtinchi kitobidir. Asarda abjir ovchi Natti Bampo bilan Oliver Edvardsning sarguzashtlari hamda mogikanlar sardori Chingachgukning fojiali o‘limi aks ettiriladi. Asarda Vatanga muhabbat, do‘stlik, sevgi va sadoqat singari ezgu tuyg‘ular qadrlanadi.
- 87
- 643
Alvido, Qurol
E.M. Heminguey
Dunyo miqyosida mashhur adib, «Nobel» mukofoti sovrindori Ernest Xemingueyning «Alvido, Qurol» romani undagi qahramonlarning fikr-xayollari, kechmishlari orqali urushning insoniyat boshiga solgan mudhish kulfatlari haqida o‘ylashga, tinchlikning qadriga yetishga chorlaydi. Aziz kitobxon, serqirra ijodkorning millionlab nusxalarda chop etilgan asarlarini mutolaa qilishga shoshiling.
- 60
- 352
Uch og'ayni
Erix Mariya Remark
«Uch og‘ayni» romani rus tilida birinchi marta chop etilishi bilanoq katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, kitob ketma-ket millionlab nusxada nashr etildi. Shunda ham talabni qondirib bo‘lmadi. Odamlar romanni bir-birlaridan so‘rab olib o‘qishga kirishdilar. Kutilmaganda rasmiy doiralar, kommunistik mafkura himoyachilarining paytavasiga qurt tushib qoldi. Ular Remarkni g‘oyasizlikda ayblab, uning ijodiga shiddat bilan tosh ota boshladilar.
Hatto «remarkchilik» degan mashʼum atama ham paydo bo‘ldi. Bu sharpa O‘zbekistonga ham yetib keldi. Ayrim tanqidchi va yozuvchilarimiz, bizga Remark asarlari kerak emas, bu asarlar kommunizm qurayotgan yoshlarimizni yo‘ldan ozdiradi, deb g‘avg‘o ko‘tara boshladilar. Shu tufayli uning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishga hech kim jurʼat etmadi.
Oradan qirq yil vaqt o‘tdi. Mana, nihoyat, shu kunlarga ham yetib keldik. Tarixning qudratli va qaysar charxpalagi o‘z ishini qildi... Endi, sizga taqdim etilayotgan «Uch og‘ayni» romaniga kelsak, asar qahramonlari jamiyatda biror lavozim yoki nufuzga ega bo‘lmagan “mayda” odamlar. Ammo ularning ham faylasuf olimlar va nazariyotchilarnikiga o‘xshamaydigan o‘z falsafalari va o‘z mantiqlari bor.
Qizig‘i shundaki, biz ularning fikr-mulohazalari yoki xatti-harakatlariga eʼtiroz bildirolmaymiz, aksincha, asarni o‘qish jarayonida jamiyat chetga surib tashlagan bu oddiy odamlarga hurmatimiz ortib boradi.
- 82
- 333