Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Tazkirat ul-avliyo
Fariduddin Attor
Buyuk mutasavvif shoir, mutafakkir va tazkiranavis Fariduddin Attorning ushbu asari nasrda bitilgan yagona va mashhur asar bo‘lib, unda tasavvuf shayxlari, avliyoullohlarning hayoti, kashfu karomatlari, turli tasavvufiy istilohlar v shariat, tariqat, ma’rifat, tavakkul, rizo, sabr, shukr kabilarga ularning qarashlari bayon etilgan.
- 138
- 319
Guliston
Sa'diy Sheroziy
Sadiy Sheroziyning “Guliston” asari faqat fors adabiyotining emas, umumadabiyotning mulkidir. Ushbu asar 1634 yil- dayoq fransuz va boshqa tillarga tarjima qilingan edi. Mashhur adiblar Gyote, Gyugo va Pushkinlar o‘z davrida bu asardan qattiq ta'sirlanishgan.
Asar falsafiy - didaktik ruhda yozilgan bo‘lib, unda turli ko‘rinishdagi axloqiy masalalarga urg‘u beriladi. “Yomon bo‘lma, yolg‘on gapirma, birovga ozor yetkazma” kabi oddiy, biroq muhim haqiqatlar turfa hikoyatlar orqali badiiy aks ettirilgan.
- 60
- 345
Sayohatnoma
Ibn Battuta
Ibn Battuta jahon madaniyati va tafakkuri rivojida Ibn Xurdorbeh, al-Ya’qubiy, al-Istaxriy, al-Muqaddasiy, al-Ma’sudiy, Ibn Havkal kabi o‘rta asr arab geograflari hamda Abu Hamid al-G‘artoniy, Ibn Fadlon, Ibn Jubayrlardek sayyohlar orasida o‘zining «Sayohatnoma»si bilan alohida o‘rin tutgan mashhur arab sayyohidir. Uning «Sayohatnoma» asari o‘rta asr mamlakatlari, shaharlari, ularning xaqlari madaniyati, turmush tarziga oid g‘oyat qimmatli, ko‘p o‘rinlarda yagona ma’lumotlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Akademik I. Yu Krachkovskiy Ibn Battutani «Barcha musulmon mamlakatlarini kezib chiqqan so‘nggi eng buyuk sayyoh», deya e’tirof etgan edi.
- 96
- 388
Kalila va Dimna
-
Kalila va Dimna uzoq vaqtlardan beri o‘zbek xalqiga ma’lum. Uning ko‘p hikoyatli so‘zlari, ajoyib hikoyalari har xil yo‘llar bilan xalq orasida keng yoyilib, og‘izdan og‘izga o‘tib kelmoqda. Asarning o‘zbek xalq ijodi va yozma adabiyotiga ham ta’siri katta. Butun dunyo xalqlarining, jumladan o‘zbek xalqining ham mulkiga aylanib qolgan shoh asarni qayta o‘qish baxti sizga muborak bo‘lsin, aziz kitobxon!
- 94
- 346
Mantiqut tayr
Fariduddin Attor
Fariduddin Attor sharq mumtoz adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, o'zidan keyin o'tgan barcha buyuk ijodkorlar e'tirof etgan ulkan mutasavvif shoirdir. Jumladan Alisher Navoiy uning "Mantiqul tayr" asarini olti yoshligida yod olgan, umr bo'yi uning ta'sirida yurgan va oltmish yoshlarida "Lisonut tayr" asarini yozib, ustozga chuqur ehtiromini ko'rsatgan.
- 60
- 405