Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Maxtumquli she'rlari
Maxtumquli
Maxtumquli asarlari xalqona oxanglarda, odamlar ko‘ngliga yaqin shakilda, tillarga “o‘rnashib” qolgan so‘zlar bilan bitilgan. Shu bois uning aksar she’rlari xalq ichida yod bo‘lib ketgan. Maxtumquli asarlari o‘zbek tiliga bir necha bor tarjima qilinib, kitob xolida chop etilgan. Bu xayrli ishni ilk bor ustoz Jumaniyoz Sharipov 1963-yilda amalga oshirgan edilar.
Ko‘pchilik o‘zbek shoirlari Maxtumquli ijodidan namunalar tarjima qilishgan. 1995-yili esa iste’dodli shoir Muzaffar Axmad tarjimasida Maxtumqulining yana bir kitobi bosilib chiqdi. Nihoyat, 2004-yili taniqli shoir va tarjimon Mirzo Kenjabek Maxtumqulining “Saylanma” kitobini xalqimizga tuxfa etdi. Xullas Maxtumqulini hech ikkilanmay o‘zbek sevgan turkman shoiri deyish mumkin.
- 74
- 342
Shavkat Rahmon she'rlari
Shavkat Rahmon
Shavkat Rahmon 1950 yilning 12 sentabrida O‘shda tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlab, Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil olgan. Uning ilk she’riy to‘plami «Rangin lahzalar» nomi bilan 1978 yilda e’lon qilingan. Shundan keyin «Yurak qirralari», «Ochiq kunlar», «Gullayotgan tosh», «Hulvo», «Saylanma» kabi she’riy majmualari nashr etilgan.
- 67
- 346