Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Tolzordan esgan shamol
Kennet Grexem
Mashhur ingliz adibi Kennet Grexemning dunyo bolalari qo‘ldan qo‘ymay mutolaa qiladigan mazkur qissasi Angliyaning o‘zida qayta-qayta nashr etilib, jahon tillarining deyarli barchasiga tarjima qilingan. Asarning paydo bo‘lish tarixi juda oddiy va qiziq. Yozuvchining yolg‘izgina o‘g‘li yozgi ta’til paytida buvisining xuzuriga yo‘l oladi. Bu vaqtinchalik ayriliq, sog‘inch otani har kuni o‘g‘liga maktub yozishga undaydi. Uning yo‘llaydigan maktublari shunchaki arzi hol bo‘lib qolmay, bu g‘aroyib voqealar asosida qo‘lingizdagi mazkur asar dunyoga keldi. Tarjimon Tilavoldi Jo‘rayev asarni ingliz tilidan mohirona tarjima qilgan. Shu sabab voqealar yaqin o‘rtada ro‘y berayotgandek tuyuladi va kitobxonni rom etib, o‘ziga xos olamlar sari boshlaydi.
- 105
- 320
Yulduzlar mangu yonadi
Tog'ay Murod
Yosh yozuvchi Tog'ay Murod o'zining mazkur qissasida Surxon vohasidagi polvonlarning qadimgi va hozirgi milliy kurash an'analarini, uslublarini tasvirlaydi. Avtor polvonlarning g'olib chiqqandagi quvonchlari-yu, mag'lub bo'lgandagi alamlarini qiziqarli ifodalashga uringan.
- 111
- 371
Somon yo'li
Chingiz Aytmatov
"Oq kema", "Bo'tako'z" hamda "Somon yo'li" kabi mashhur qissalardan iborat ushbu kitob Chingiz Aytmatov ijodining eng sermahsul davridan dalolatdir. Har uchala asar jonli tasir va hikoyachilar jihatidan o'quvchi diqqatini butkul o'ziga tortadi.
- 105
- 439
Dahshatli intiqom
Nikolay Gogol
Rus adabiyotining mahoratli yozuvchisi Gogolning "Dikanka qishlog'i oqshomlari" to'plamidan joy olgan "Dahshatli intiqom" asarida sir-sinoatlarga boy g'aroyib voqealar tasvirlangan. Yozuvchi mazkur asarni afsona, rivoyat, ertak, shuningdek onasidan eshitgan hikoyalari asosida yozgan.
- 145
- 495
Alvido... bolalik
Tohir Malik
Bolalik – umrimiz bahori, orzu-umidlarimiz bilan ulg‘ayadigan eng jo‘shqin va haroratli damlar. Bolalik, umrimiz mazmunini, qo‘yingki, butun hayotimizni belgilab beruvchi shunday bir nozik pallaki, bu davrda biz yaqinlarimizning alohida e’tiboriga ehtiyoj sezamiz. Agar bunday fursatlarda ozgina e’tiborsizlik holatlari kuzatilsa-chi? Taqdim etilayotgan kitobda aynan shu jarayon bilan bog‘liq holatlarni yozuvchi hayotiy, real voqea-hodisalar asosida yoritib bergan.
- 168
- 598