Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Usta va Margarita
Mixail Bulgakov
Mixail Bulgakovning «Usta va Margarita» asari durdona asarlar sirasiga kiradi. Chunki unda yovuzlik va ezgulik kurashi kabi abadiy mavzu boshqacha rakursda, boshqa kompozitsiyada yoritilgan. Asarni o‘qigan o‘quvchi mistika dunyosiga g‘arq bo‘lib, jamiyat va inson illatlariga o‘zgacha ko‘z bilan qaray boshlaydi.
Bir qaraganda yorqin kaleydoskop kabi ko‘ringan voqealar shiddati, bir zumdan keyin barcha baxtsizligimiz, qusurlarimiz sababi o‘zimizda emasmikan, illatni avvalo o‘zimizdan qidirish lozimmikan, degan xotimaga kelishga majburlaydi. Lekin bu o‘zlikka qaytish o‘ziga xos ohangda, o‘xshashi yo‘q rangda namoyon bo‘la boshlaydi. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
- 70
- 336
Gonkongdan kelgan tobut
Jeyms Cheyz
Dunyo miqyosida mashhur hisoblangan ushbu asar o‘tkir syujetga, turfa sarguzashtlarga boyligi bilan ajralib turadi. Unda tinib-tinchimas izquvar Nelson Rayanning bir qotillik tafsiloti bilan bog‘liq voqealarga o‘ralashib qolishi, buning natijasida kutilmagan dahmazalarga duchor bo‘lishi, Gonkongdek ulkan shaharda surishtiruv olib borishi, razil va manfur kimsalarga qarshi kurashi aks etadi. U haqiqatning tubiga yetish uchun o‘z hayotini xatarga qo‘yadi, bir necha bor o‘limga chap beradi.
Xo‘sh, mohir izquvar niyatiga yetarmikan? Gonkongdan kelgan tobut tilsimi ochilarmikan? Kitob detektiv ishqibozlariga, keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
- 97
- 411
Mahbub ul-qulub
Alisher Navoiy
„Mahbub ul-qulub“ („Koʻngillarning sevgani“) 1500-yilda Alisher Navoiy tomonidan yozilgan asardir. Asar oʻzaro bogʻliq 3-qismdan iborat. 1-qism 40 fasl (bob) ni oʻz ichiga oladi. Bunda muallif oʻz davrining tipik vakillari hayotini tasvirlagan. 10 bobdan tashkil topgan 2-qismda yaxshi va yomon, maqtovga sazovor va nafratga loyiq hislatlar tafsiloti berilgan. 3-qismga masal va hikmatlar kiritilgan. Har bir jumla oʻzaro qofiyadosh. Asarning sajda yozilishi unga alohida badiiy nafosat bagʻishlagan. Asarga baytlar, ruboiylar kiritilib, ular ulugʻ shoir va mutafakkirning hayot haqidagi xulosalarini mujassamlashtirgan.
- 86
- 359
Qobusnoma
Kaykovus
Unsuru-l-Maoliy Kaykovusning «Qobusnoma» asari asosini Qur'oni karim suralari, Muhammad (S.A.V)ning faoliyati va ko‘rsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Payg‘ambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh ne'matiga shukur qilmoq haqida bo‘lib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, san'atni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni o‘rganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi ko‘plab masalalarni o‘z ichiga oladi.
- 151
- 331