Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Hojimurod
Лев Толстой
Buyuk rus adibi Lev Tolstoyning “Hojimurod” nomli qissasi asrlar osha kitobxonlar e`tiboridan tushmay keladi. Bu - inson taqdirining murakkabligi, vatanparparvar, ozodlik kurashchilari nomining unutilmasligi bilan bog'liqdir balki... Ushbu to'plamdan joy olgan qissadagi qahramonlar bilan g'oyibona uchrashuv tasavvur olamimizni boyitishga ishonamiz.
- 23
- 157
Omon bo'lsang, unutma
Valentin Rasputin
Urushning so'nggi yili — qirq beshinchi yilning qishi bu tomonlarda yumshoqroq kelsa ham, ammo bari bir, chilla sovug'i, odatdagidek, haqini qo'ymadi, qirq darajadan oshib ketdi. Daraxt shoxlarida bir haftadan beri yopishib yotgan bulduruq eridi-yu, o'rmon batamom karaxt bo'lib qoldi, yerdagi qor g'ozini yo'qotib, salga g'archillar, uqalanib ketar, ertalablari chirsillab turgan sovus havoda nafas olish qiyin bo'lardi.
Keyin havo bir oz shashtidan qaytdi, shundan so'ng yana bir marta yumshadi, natijada sayxonliklardagi qor beti yupqa muz bo'ylab, erta qotib qoldi.
- 47
- 223
Zulmat ichra nur
Mirkarim Osim
Alisher cho‘kkalab olib xontaxta ustidagi kattakon bir kitobni varaqlab, surat ko‘rib o‘tirar edi. Ov va jang manzaralari uni shu qadar qiziqtirgan, xayolini shu qadar o‘g‘irlagan ediki, otasi kelib eshik oldida kavush yechayotganini ham payqamadi. Kichkina Bahodir deb nom chiqargan G‘iyosiddin endi to‘rt yoshga kirgan o‘g‘li Alisherga kulimsirab qarab turdi.
«Shul yoshdin kitobga muhabbat qo‘ysa, ulg‘aygach, albatta kitobni ilkidan ayirmay o‘zi bila asrab yurg‘ay», deb o‘yladi ota shiringina, do‘mboq o‘g‘lidan ko‘zini uzolmay.
- 88
- 536
So'nggi o'q
Tohir Malik
Yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub bo‘lmish ushbu asar o‘zbek kitobxonlari uchun yaqin o‘tmishimizga bir nazar bo‘lib, tarixiy voqealar asnosida inson ruhiyatiga qilinadigan benazir sayohat hamdir. Qismat va zamonning achchiq to‘lqinlariga tashlangan qahramonning temir bardoshiga tan bermay ilojimiz yo‘q. Tog‘dek g‘amlar ostida ham eng buyuk sharaf - inson bo‘lib qolish darsini o‘rganamiz.
- 84
- 337
Inson husni
Mirzakalon Ismoiliy
Go'zallik tabiatining yaxshi ne'matlaridan biri. Bu tabiatning barcha mahsuliga mushtarak ne'mat. Biz buni insonlardagina emas, o'simliklarda ham, jonivorlarda ham ko'ramiz. Bahor kezlari rang-barang gullarga ko'milgan daraxtlarni, yashil maysalari selkillab turgan yaylovlarni, g'o'zalari barg urgan chaman dalalarni ko'rganmiz.
- 87
- 342