Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Gulliverning sayohatlari
Jonatan Svift
Buyuk ingliz yozuvchisi Jonatan Svift yozgan «Gulliverning sayohatlari» romani jahon bolalar adabiyotining durdonalaridan biri hisoblanadi. Uni kattalar ham, yosh kitobxonlar ham birdek sevib o'qiydilar. Adib sarguzashtlar ishqibozi bo'lgan shifokor Gulliverning ajoyib va g'aroyib sarguzashtlari vositasida o‘z davridagi har xil urf-odatlarni, qoloq odamlarni, ayniqsa, qirollik saroyidagi laganbardorlik, xushomad-go‘ylik, hasadgo'ylik hamda mamlakatni boshqarishda avj olib ketgan turii nuqsonlarni, illatlarni qattiq tanqid qiladi. Dunyodagi barcha xalqlar tillariga tarjima qilingan va millionlab musxalarda qayta-qayta chop etilgan bu dilbar asar aziz hamrohingizga, yaqin do’stingizga aylanib qolishiga ishonamiz.
- 356
- 1285
Бедный Папа, Богатый Папа
Т.Роберт
Если вам нужна внутренняя мудрость, касающаяся того, как стать богатым и остаться богатым, прочтите эту книгу. Подкупите ваших детей (финансово, если потребуется), чтобы и они сделали то же самое.
- 259
- 1479
Arastu
Urfon Otajon Zodir A’lam
Qadimiyatning daho mutafakkiri, ustozi avval, Iskandar Zulqarnaynga murabbiylik qilgan Arastu (Aristotel) asarlari orasida «Magnia Moralia» - «Axloqi kabir» alohida o‘rin tutadi. rastuning bu va boshqa asarlaridagi hikmatlar Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy va Navoiy kabi Sharq allomalarining ham mehr-muhabbatiga sazovor bo‘lgan. «Axloqi kabir» asarida barcha zamonlar va barcha insonlar uchun suv va havoday, quyosh nuriday zarur ilmi hikmat durdonalarini topamiz, bu durdonalar bizning ma’naviy olamimizni boyitadi va go‘zallashtiradi. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi buyuk Sharq allomalarining dam ustozi bo‘lgan Arastu - Aristotelning (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) ijodiy merosi hozirgacha ham jahon falsafiy-estetik tafakkuri xazinasining qimmatli boyligi sanaladi. Allomaning «Poetika» («Nafis san’atlar haqida») risolasidan bizga qadar faqat ba’zi qimmatli parchalargina yetib kelgan bo‘lib, ana shu qismlar ham hozirgacha barcha faylasuf, san’atshunos, adabiyot nazariyotchilarining asosiy dasturilamali bo‘lib xizmat qiladi. «Poetika» o‘zbek tilida ilk marta 1979 yilda Izzat Sulton tahriri ostida bosilgan edi. «Poetika»ning XIX – XXVI boblarini Ummat To‘ychiev, I-XVIII boblarini Mahkam Mahmud tarjima qilgan. «Axloqi kabir» va «Ritorika» M.Mahmudov tarjimasida berilmoqda.
- 836
- 1527
Kukaracha Oq bayroqlar
Nizom Komilov
Marta xolaning atrofi tut, shaftoli, olcha daraxtlari bilan qurshalgan boloxonali uyi Varazisxevi ko‘chasining etagiga joylashgan.
- 313
- 1385
Bahorning o‘n yetti daqiqasi
Yuliak Semenov
1945 yil bahor fasli. Ulug‘ Vatan urushining oxirgi kunlari. Fashizm o‘lim yoqasida yotibdi, ammo kurash tugaganicha yo'q. Dahshatli, shiddatli kurash hali davom etmoqda. Gitlerchilar Germaniyasining so‘nggi kunlari. Ana shunday vaziyatda dushman uyasida ish ko‘rgan sovet razvedkachisi Maksim Isaev haqida hikoya qilinadi ushbu romanda. Sovet razvedkachisi zimmasiga yuklangan vazifa — fashistlarning g‘arb mamlakatlari boshliqlari bilan separat sulh tuzishga urinishlarini fosh etish va barbod qilishdan iborat bo‘lib, bu vazifani u sharaf bilan bajaradi.
- 286
- 1209