Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Chol va Dengiz
Ernest Xeminguey
Chol qayiqda yolg'iz o'zi Golfstrimda baliq ovlardi. Dengizga chiqayotganiga mana sakson to'rt kun ham to'ldi, ammo xali bironta baliq tutganicha yo'q. U bilan qirq kun bola birga bo'ldi. Ha deganda qo'li quruq qaytavergach, ota-onasi unga endi cholning o'ta-ketgan Salao, ya’ni «o'lguday omadi yurishmagan odam» ekanini aytib, bundan buyon boshqa qayiqda dengizga chiqish kerakligini qulog'iga quydilar.
- 166
- 1417
Choliqushi
Rashod Nuri Guntekin
To‘rtinchi sinfda edim. Yoshim o‘n ikkilarda bo‘lishi kerak. Fransuz tili muallimamiz Aleksi opa bir kun bizga inshodan vazifa topshirdi. “Hayotdagi ilk xotiralaringizni yozishga harakat diling. Kuraylik-chi, nimalarni eslar ekansizlar. Sizlar uchun bu ajoyib xayol mashqi bo‘ladi”, — degan edi u.
- 517
- 1413
Muvaffaqiyat kaliti
Karnegi, Deyl
Deyl Karnegi jamiyatdagi munosabatlarning nozik jidatlariga alodida e’tibor qaratadi. Insonlarning o'zaro muomala madaniyati, o'zni tutish, mulozamat, boshqalarni hurmat qilish, ishlarini yudori baxolash orqali obru-e’tibor topish mumkinligini ta’kidlaydi. Shuningdek, o'z-o'ziga ishonch xosil qilish va omma oldida so'zlashishning turli yo'llarini ochib beradi.
Tinglovchini qiziqtirish, yaxshi ma’ruza qilish, xotirani mustahkamlash va boshqa mavzularda ham qimmatli maslahatlarni tavsiya etadi. Bezovtalikning omillari, yechimi barobarida turfa insonlar hayotidagi turli holatlar, Karnegi an’anasiga ko'ra, misollar tariqasida keltiriladi.
Ushbu to'plam Deyl Karnegining "Do'st orttirish va odamlarga ta’sir ko'rsatish to'g'risida", “o'z-o'ziga ishonch xosil qilish va omma oldida so'zlashish san’ati" va "Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari" kitoblarining yaxlit ko'rinishidir. Ko'plab kitobxonlarning talab va istaklari asosida chop etilgan mazkur tuhfa kutubxonangiz javonidan munosib joy oladi, degan umiddamiz.
- 1274
- 1385
Жиноят ва жазо
Фёдор Достоевский
Жаҳон ва ўзбек адабиётининг дурдона асарларидан таркиб топган «Камолот кутубхонаси» рукни бу гал атоқли рус ёзувчиси Фёдор Достоевскийнинг «Жиноят ва жазо» романини такдим этади. Асар 1866 йилда ёзилган. Аммо инсон кечинмаларининг эски ва янгиси бўлмаганидек, роман қадри ҳам эскирмаган. Китоб ўзбек тилида бундан аввал 1977 йилда чоп этилган. Қарийб 40 йилдан кейин асарни қайта нашр этишдан мақсадимиз, бугунги китобхонларимизни ўз даврида қудрат қозонган асар - талаба ҳаётидан аянчли драма билан таништириш. «Камбағаллик айб эмас, бироқ йўқчилик - иллат. Биринчисида инсон туғма олижаноб фазилатларни сақлаб қола олади, аммо йўқчиликда уларни ҳеч қачон ва ҳеч ким сақлаб қола олмайди», асардаги персонажларидан бири бош қаҳрамонга бу гапни ҳаётий мисоллар асосида изоҳлаб беради. Университетнинг собиқ талабаси бўлган Раскольников эса бу гапдан тегишли хулоса чиқара олмайди. Натижада, йўқчиликдан қутулиш, тезда бойиб кетиш ва юдори мавқеига эга бўлиш мақсадида ақл бовар қилмайдиган жиноят содир қилади. Фожиали жиҳати - қаҳрамон ўз жиноятини оқлайди. Аммо ҳаёт қонунлари адолатли - жиноятни жазосиз қолишига имкон бермайди. Руҳий жазо жиноятчини ўз айбига иқрор бўлишга мажбур этади. Романда шу мудҳиш қотилликнинг узлуксиз уқубатлари билан бирга гўзал муҳаббат тасвири дам борки, у китобхон қалбини беихтиёр жунбишга келтиради.
- 1325
- 1766
Aflotun
Omon Muxtor
Omon Muxtor — o‘z ovoziga, o‘z uslubiga ega iste’dodli ijodkor. Xususan, uning keyingi yillarda yaratayotgan asarlarida yangi imkoniyatlar, yangi yo‘llar axtarayotgani quvovchli holdir. Yozuvchi tasvirlarda, xarakterlar mohiyatini ochib berishda tajribalar qilishda cho‘chimaydi, jahon adabiyotining boy uslubiy an’analarini dadilik bilan milliy materialga singdira olgan. Ushbu kitobga ijodkorning "Aflotun" nomli yangi romani bilan birga "Bolalikka sayohat", "Osmon uzoq, yer qattiq", "Vazifa" kabi qissalari va ayrim hikoyalari ham kiritildi.
- 341
- 1390