Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Bo‘ri bolalarini qanday o‘rgatadi?
Lev Tolstoy
Lev Tolstoyning asarlari oddiy kishilarni savodli qilish, katta san'at asarlarini ham tushunishga qodir bo'lishga qaratilgan. Bu uslub rus adabiyotida eng buyuk yozuvchilar ijodiga xos, xususan Pushkin, Gorkiylarni bu safda ko'rish mumkin. Tolstoy asarlari yil sayin qayta-qayta nashr etilmoqda.
O'z asarlarida xalq hayotini, kurashini, umid-orzularini tarannum etgan buyuk yozuvchi ijodi chinakam xalq mulkiga, uning ma'naviy xazinasiga, tarbiya dasturiga aylandi. Yozuvchining "Bo'ri bolalarini qanday o'rgatadi" asarida ham 130 dan ortiq hikoyalar, ertaklar va masallar o'rin olgan. Kitob keng kitobxonlar doirasiga mo'ljallangan.
- 151
- 502
Ayb kimda
Abdulla Qohhor
Abdulla Qahhor hikoyalari teran mazmun-mohiyati, voqealar tasvirining rang-barangligi hamda ifoda tilining ravonligi bilan ajralib turadi. Qaysi hikoyasini o'qimang, asar syujetidagi achchiq haqiqat hajv pardasiga shunday mohirona o‘rab berilganki, ham kulasiz, ham kuyasiz. Adib asarlarining ta'sirchanligi va umrboqiyligi ham shunda.
- 149
- 557
Uch musofir
Ivan Bunin
To'plamdagi hikoyalarni jahon adabiy gulshanidan terib olingan bir dasta gul deb atash mumkin. Rossiya, Misr, Fransiya, Angliya, Germaniya – va nihoyat Yaponiya mamlakatlari yozuvchilarining yurak qo'ri bilan yozgan bu hikoyalari o'z o'quvchisini topishi shubhasiz. Ularni birma-bir mutolaa qilar ekansiz, avvalo, hikoya janri shaklan ixcham bo'lsa-da, mazmunan har qanday romandan kam emasligini chuqur his etasiz.
- 112
- 416
Xameleon
Anton Chexov
Dunyo adabiyotida A. P. Chexov o'z ovozi va o'z so'ziga ega bo'lgan noyob ijodkorlardan biri sifatida tan olingan. U hikoyalari orqali ushbu janrni yana bir taraqqiyot pog'onasiga ko'tarib berganligi ham bor gap. O'zbek adabiyotida realistik hikoyalarning paydo bo'lishiga ham ayni yozuvchining asarlari sabab bo'lib. Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Abdulla Qahhor hikiyalarining muvaffaqiyatida mazkur adibning maktabi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ushbu kitobda yozuvchining eng sara hikoyalari jamlangan.
- 215
- 679