Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Muntaxab Ut-tavorixi Muiniy
Muiniddin Natanziy
Temuriylar davrining yetuk muarrixi Muiniddin Natanziyning 1412-1414-yillarda fors tilida yaratilgan «Muntaxab ut-tavorixi Muiniy» («Muiniy tarixdari ganlanmasi») asari asliyati g'oyat katta hajmda boʼlib, unda eng qadimgi zamonlardan to Аmir Temur vafotigacha (1405-yil, 18- fevral) jaxondagi bir qator mamlakatlarda ro'y bergan muhim tarixiy voqealar bayon qilingan.
Аsarning oxirgi qismlari bevosita Аmir Temur davriga bagʼishlangan boʼlib, soxibqiron saltanati tarixiga oid eng moʼtabar manbalar sirasiga kiradi. «Muntaxab ut-tavorixi Muiniy» muallifi Аmir Temur zamondoshi boʼlib, o'z davri manzaralarini bevosita kuzatish.
Tarixiy voqealarning ishtirokchilari bilan suhbatlashib, kerakli maʼlumotlarni olish imkoniyatiga ega boʼlgan. Аmir Temurning oʼsmirlik va yigitlik davrida sodir boʼlgan baʼzi muhim voqealar bu asarda boshqa manbalarga nisbatan kengroq yoritilgan Shuningdek, sohibqironning harbiy mahorati, oʼsha davrda faol qoʼllanilgan kunlab harbiy atamalar va jang usullari haqida yangi maʼlumotlar mavjud.
Ushbu qimmatli tarixiy manbaning Аmir Temur davriga oid qismlarining o'zbek tiliga tarjimasi ilk bor toʼliq holida nashr etilmoqda.Nashr Аmir Temur tavalludining 675 yilligiga bag'ishlanadi.
- 141
- 477