Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar

Zulmat ichra nur
Mirkarim Osim
Alisher cho‘kkalab olib xontaxta ustidagi kattakon bir kitobni varaqlab, surat ko‘rib o‘tirar edi. Ov va jang manzaralari uni shu qadar qiziqtirgan, xayolini shu qadar o‘g‘irlagan ediki, otasi kelib eshik oldida kavush yechayotganini ham payqamadi. Kichkina Bahodir deb nom chiqargan G‘iyosiddin endi to‘rt yoshga kirgan o‘g‘li Alisherga kulimsirab qarab turdi.
«Shul yoshdin kitobga muhabbat qo‘ysa, ulg‘aygach, albatta kitobni ilkidan ayirmay o‘zi bila asrab yurg‘ay», deb o‘yladi ota shiringina, do‘mboq o‘g‘lidan ko‘zini uzolmay.
- 103
- 632

So'nggi o'q
Tohir Malik
Yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub bo‘lmish ushbu asar o‘zbek kitobxonlari uchun yaqin o‘tmishimizga bir nazar bo‘lib, tarixiy voqealar asnosida inson ruhiyatiga qilinadigan benazir sayohat hamdir. Qismat va zamonning achchiq to‘lqinlariga tashlangan qahramonning temir bardoshiga tan bermay ilojimiz yo‘q. Tog‘dek g‘amlar ostida ham eng buyuk sharaf - inson bo‘lib qolish darsini o‘rganamiz.
- 95
- 433
Inson husni
Mirzakalon Ismoiliy
Go'zallik tabiatining yaxshi ne'matlaridan biri. Bu tabiatning barcha mahsuliga mushtarak ne'mat. Biz buni insonlardagina emas, o'simliklarda ham, jonivorlarda ham ko'ramiz. Bahor kezlari rang-barang gullarga ko'milgan daraxtlarni, yashil maysalari selkillab turgan yaylovlarni, g'o'zalari barg urgan chaman dalalarni ko'rganmiz.
- 104
- 435

Mumu
Ivan Sergeevich Turgenev
Ivan Sergeevich Turgenev "Mumu" qissasini yozish orqali rus adabiyoti tarixidagi eng ta'sirli obrazlardan birini yaratdi. Soqov farrosh Gerasim va uning kichkina iti haqidagi qayg'uli hikoyani mamlakatimizda kattalar ham, bolalar ham bilishadi. Va, albatta, ular o'ynagan xonimning injiqligi uchun uning umidsiz, mashaqqatli hayotini isitadigan va unga hech bo'lmaganda ma'no bergan yagona jonzot bilan xayrlashishga majbur bo'lgan hikoyaning bosh qahramoniga hamdardlik bildiradilar.
- 106
- 504
Baloyi nafs
Vladimir Kunin
Uzoq yillar davomida eng ko‘p sotilgan kitoblardan biri sanalmish mazkur qissada sobiq Ittifoq davrining fojiali hayoti ko‘rsatib berilgan.
Leningradlik Tanya Zayseva misolida yengiltak ayollarning qismati, o‘sha davrda boshqa davlatlarda oddiy holat sanalgan valyuta ayrboshlash orqali qamalib ketgan insonlarning taqdiri, qog‘ozbozlik, har bir gap-so‘z, xatti-harakatdan shubhalanadigan va o‘z xalqi vakiliga ishonmaydigan kuch ishlatar tizimning zulmi, o‘z joniga qasd qilgan ona timsoli o‘quvchini qayg‘uga soladi. Ammo aslida bu ham o‘sha davrdagi haqiqiy hayotgacha dahshatomuz emas.
- 140
- 511