Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Partiyaning oltinlari
Igor Bunich
Qoʼlingizdagi kitob yaqin oʼtmishdan, aytish mumkinki, tarixning kir, qora kunlari boʼlmish keyingi shoʼro zamonlaridan hikoya qiladi. Unda biyron tillarida xalq gʼamini yegan, uning manfaatlari himoyachisi bulgan, amalda esa ayni xalqning soʼnggi burda nonigacha surbetlarcha tortib olib oʼzlashtirgan kommunistik firqa «dohiylari»ning misli koʼrilmagan kirdikorlari tarixiy dalillar bilap ochib tashlanadi. Bu kitobni oʼqib, dunyo ishlariga teranroq nazar tashlashga, gʼoya bilan amalni farqlashga, kimning kim ekanini bi-lishga oʼzimizda ragʼbat sezamiz. Kitob keng oʼquvchilar ommasiga - uygʼoq fikrli insonlarga ancha-muncha maʼnaviy va ilmiy ozuq beradi, deb oʼylaymiz.
- 146
- 403
Erkin Vohidov saboqlari
Shukur Qurbonov
Adabiyot bo'stonida faoliyat ko'rsatib, el-yurt ma'naviyati taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan har bir qalam ahli ijodini muxlislar, munaqqidlar baholaydi. Boqiyligini vaqt belgilaydi. Shogirdlar-chi, shogirdlarning munosabati qanday? Shoir yoki yozuvchi ijodi va shaxsiyatidagi qaysi jihatlar ular uchun qadirli? Qo'lingizdagi majmuadan ana shu haqda so'z boradi, to'g'rirog'i, O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidovning ustozligi to'g'risida hikoya qilinadi.
- 120
- 414
Osmon og'ushi
Abduqayum Yo'ldoshev
Аsarda maktab oʼquvchisining Jizzax cho'llarida bug'doy qo'riqlab, paxta terib yurgan yillaridayoq uchuvchi boʼlish orzusining amalga oshishi qalamga olingan. Аsar qahramoni ming bir qarshilikka qaramasdan maqsadi sari dadil odimlashi va vaqt yetib o'zi orzu qilgan uchuvchi boʼlishi ishonarli, taʼsirli qilib tasvirlangan. O'zbek yoshlarining hayotidagi bir ko'rinishi bilan ahamiyatga molik bu asar.
“Gudbay Аmerika” ushbu qissa boylik izlab, pul izlab dengiz ortiga yoʼl olgan vatandoshlarimiz haqida. "Keng imkoniyatlar” mamlakatidagi safarning ayanchli xotimalari, har joyning ham toshu tarozisi borligi, asli baxt Vatanda ekanligi haqida. Hikoyalarda asosan Jizzaxliklarning turmush tarzi qalamga olingan. Biri dehqon, biri cho'pon, biri mirishkoru yana biri mirob. Bu odamlar Vatanga beminnat xizmat qilayotgani va xizmati evaziga taʼma qilmayotgani tasvirlangan.
- 85
- 451
Anor
Abdulla Qahhor
O'zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhorning «Anor» deb nomlangan to'plamiga uning eng mashhur qissa hamda hikoyalari jamlandi. Adibning bizga meros qoldirgan asarlari g'oyaviy-badiiy jihatdan yuksak saviyada yozilgan, u yaratgan obrazlar g'oyat rang-barang.
- 100
- 496
Чор дарвиш
Хиромий
Шоҳи озодбахат яарим кеча зиёратга чиқив шоҳсуфа устиға тўрт дарвешни қўрғони ва алар ҳолини билурга камин қилгони билохир алар холларин билиб таҳқиқ этгани
- 523
- 693