Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Yanki va qirol Artur
Mark Tven
Taqdim etilayotgan asarning bosh qahramoni o'n to'qqizinchi asrdan oltinchi asr Angliyasiga tushib qoladi. Bosh qahramonning Amerikaning Konnektikut shtatida bo'lishi ham bejiz emas. Yozuvchi umrining so'nggi yillarini Konnektikut shtatidagi Redding qishlog'ida o'tkazadi va shu yerda vafot etadi.
Oltinchi asrga tushib qolgan Yanki g'addor va qoloq jamiyat hukm surgan Angliyada yangi tuzum - xalq kuchiga tayangan demokratik jamiyat qurmoqchi bo'ladi va bu kurashda bir guruh hukmron feodal doiralarining, o'zining mustabid siyosatini o'tkazayotgan rim katolik cherkovining qarshiligiga duch keladi.
Romanning yana bir muhim jihati shundaki, Mark Tven cherkovning insoniyat taraqqiyoti yo'liga to'g'anoq boʻlishini, hukmron sinf tomonida turib xalq qonini so'radigan tekinxo'r bir maraz ekanligini yorqin bo'yoqlar bilan chizib beradi; cherkovning kirdikorlarini fosh etib, uni qattiq tanqid qiladi.
- 66
- 620
Megre va daydi
Jorj Simenon
Fransuz yozuvchisi Jorj Simenon o‘zining politsiya komissari Megre haqida yozgan qator psixologik-detektiv romanlarida yuz bergan jinoyatning butun tafsilotini qiziqarli epizodlarda fosh qilish bilan birga, ayni chog‘da mazkur jamiyat hayotida uchragan illat va nuqsonlarni ham shafqatsiz tanqid ostiga oladi. Bu to'plamda kitobxon Muallifning komissar Megre faoliyatidan hikoya qiluvchi "Merge va daydi" hamda "Merge ministr huzurida" romanlarini o'qiydi.
- 85
- 266
Alkimyogar
Paulo Koelo
Paulo Koeloning 1988-yilda yaratilgan ushbu romani dunyo miqyosidagi bestseller romanlardan biridir Asarning asosiy voqealari Andalusiyalik Santyagoning ko‘rgan tushi asnosida rivojlantiriladi. Asar o‘quvchini “Dunyoning qalbi”ni tushunishga, o‘z taqdir so‘qmog‘idan yurishga o‘rgatadi. Asarni o‘qish jarayonida, voqealar silsilasida uning asosida sharq falsafasi, tasavvufmujassam ekanligining guvohi bo‘lasiz.
- 73
- 804
Sharqning eng buyuk hukmdori
Dundar Ali
Kitobda Amir Temurning shaxsiy jasurligi, u hukmronlik qilgan davrdagi xalq jasorati, mehr-oqibat, sadoqat kabi umrboqiy tuyg‘ular yorqin bo‘yoqlarda aks ettirilgan.
- 116
- 354
Odam bo'lish qiyin
O'lmas Umarbekov
O‘lmas Umarbekovning har bir asarida bo‘lgani kabi “Odam bo‘lish qiyin” romanida ham hayot, hayotning haqiqatga to‘la nafasi ufurib turibdi. Asar tilining soddaligi, voqealarining jonliligi bois bir o‘qishdayoq sizni o‘z izidan ergashtirib ketadi.
- 70
- 443