Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Martin Iden
Jeck London
Inson va jamiyat, jamiyatdagi keskin sinfiy tabaqalanish, uning inson hayotidagi falsafiy ijtimoiy ahamiyati bundan yuz yillar avval qanchalar dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, ayni damda ham shunday dolzarb sanaladi. Boy xonadon qizini sevib qolgach, sof muhabbat tufayli ro‘yodek tuyilgan orzuga intilgan Martin o‘sha orzusiga erishganda, uning sarob ekanini anglab yetadi.
Bu orzuni u emas, sevgan qizi Ruf emas, balki jamiyat va uning shafqatsiz qonunlari sarobga aylantiradi. Martin tushungan narsani Ruf hech qachon anglab yetolmaganidek, qiz ardoqlagan qadriyatlar ham Martin uchun hamisha begona bo‘lib qolaveradi. Asar mutolaasidan so‘ng kitobxon har qanday jamiyat va tuzumda chin inson bo‘lish, buni anglay olish eng yuksak va oliy qadriyat ekanini his qiladi.
- 61
- 313
1984
Jorj Oruell
1984 - Jorj Oruellning satira elementlariga ega distopiya romani. «O‘z nashriyotiga yo‘llagan maktubi» kabi asarlar qatorida Oruell roman haqidagi birinchi g‘oya unga 1943 yilda kelganini aytdi. U Hayvonlar fermasida ochib berilgan "inqilobga xiyonat" mavzusini organik ravishda davom ettiradi.
- 86
- 412
Avlodlar dovoni
Pirimqul Qodirov
"Avlodlar dovoni" asarida shavkatli Humoyunning otadan qolgan meros- Hindistondagi saltanatni boshqarishi, ichki va tashqi dushmanlar, muxoliflar bilan ayovsiz kurashi, ayrim qattiqqo‘lligi, hayot va sharoit taqozosi bilan tutgan yo‘riqlari, taxtning vafo-yu jafolarini boshdan kechirgan holatlari go‘zal tasvirlanadi.
- 57
- 529
Sariq ajdar hamlasi
Mannop Egamberdiyev
Romanda aks ettirilgan tarixiy voqealar bundan qariyb ikki ming ikki yuz yil avval ro‘y bergan. Buyuk ipak yo‘lini to‘liq nazorati ostiga olishni maqsad qilgan Xitoy imperatori Lyu Che (u tarixga U-di — "jangovar imperator" nomi bilan kirgan) miloddan avvalgi 138 yili o‘z ayg‘oqchisi Chjan Szyanni uzoq G‘arbda joylashgan Dovon (hozirgi Faryuna vodiysidagi qadimgi davlat)ga yuboradi.
- 123
- 284
Bu tog'lar ulug' tog'lar
Evril Turon
“Bu tog‘lar ulug‘ tog‘lar”, “Bo‘z bo‘ri”, “O‘lmas qoyalar”, “Tumanli kunlar” va “Oy nuri” kabi asarlar muallifi hisoblanadi. Ijodkor 1975 yilda e’lon qilingan “Bog‘don qashqiri” qissasida birinchi marta bosmachilik harakati ishtirokchilarini milliy ozodlik kurashchilari sifatida tasvirlaydi. Adib o‘zining 1981 yil “Sharq Yulduzi” jurnalida chop etilgan “O‘lmas qoyalar” romanida ushbu mavzuni davom ettirgan.
- 57
- 298