Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Megre va daydi
Jorj Simenon
Fransuz yozuvchisi Jorj Simenon o‘zining politsiya komissari Megre haqida yozgan qator psixologik-detektiv romanlarida yuz bergan jinoyatning butun tafsilotini qiziqarli epizodlarda fosh qilish bilan birga, ayni chog‘da mazkur jamiyat hayotida uchragan illat va nuqsonlarni ham shafqatsiz tanqid ostiga oladi. Bu to'plamda kitobxon Muallifning komissar Megre faoliyatidan hikoya qiluvchi "Merge va daydi" hamda "Merge ministr huzurida" romanlarini o'qiydi.
- 85
- 266
Alkimyogar
Paulo Koelo
Paulo Koeloning 1988-yilda yaratilgan ushbu romani dunyo miqyosidagi bestseller romanlardan biridir Asarning asosiy voqealari Andalusiyalik Santyagoning ko‘rgan tushi asnosida rivojlantiriladi. Asar o‘quvchini “Dunyoning qalbi”ni tushunishga, o‘z taqdir so‘qmog‘idan yurishga o‘rgatadi. Asarni o‘qish jarayonida, voqealar silsilasida uning asosida sharq falsafasi, tasavvufmujassam ekanligining guvohi bo‘lasiz.
- 73
- 804
Sharqning eng buyuk hukmdori
Dundar Ali
Kitobda Amir Temurning shaxsiy jasurligi, u hukmronlik qilgan davrdagi xalq jasorati, mehr-oqibat, sadoqat kabi umrboqiy tuyg‘ular yorqin bo‘yoqlarda aks ettirilgan.
- 116
- 354
Odam bo'lish qiyin
O'lmas Umarbekov
O‘lmas Umarbekovning har bir asarida bo‘lgani kabi “Odam bo‘lish qiyin” romanida ham hayot, hayotning haqiqatga to‘la nafasi ufurib turibdi. Asar tilining soddaligi, voqealarining jonliligi bois bir o‘qishdayoq sizni o‘z izidan ergashtirib ketadi.
- 70
- 443
Martin Iden
Jeck London
Inson va jamiyat, jamiyatdagi keskin sinfiy tabaqalanish, uning inson hayotidagi falsafiy ijtimoiy ahamiyati bundan yuz yillar avval qanchalar dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, ayni damda ham shunday dolzarb sanaladi. Boy xonadon qizini sevib qolgach, sof muhabbat tufayli ro‘yodek tuyilgan orzuga intilgan Martin o‘sha orzusiga erishganda, uning sarob ekanini anglab yetadi.
Bu orzuni u emas, sevgan qizi Ruf emas, balki jamiyat va uning shafqatsiz qonunlari sarobga aylantiradi. Martin tushungan narsani Ruf hech qachon anglab yetolmaganidek, qiz ardoqlagan qadriyatlar ham Martin uchun hamisha begona bo‘lib qolaveradi. Asar mutolaasidan so‘ng kitobxon har qanday jamiyat va tuzumda chin inson bo‘lish, buni anglay olish eng yuksak va oliy qadriyat ekanini his qiladi.
- 61
- 313