Жанры
Теги
Самые популярные публикации
Yolg‘izlikning yuz yili
Gabriel Garsia Markes
«Yolg‘izlikning yuz yili» – buyuk kolumb yozuvchisi Gabriel Garsiya Markesga Nobel mukofotini olib kelgan mashhur asar. Roman hozirgi kunga kelib ispan tilidan boshqa tillarga eng ko‘p tarjima qilinish bo‘yicha Migel Servantesning «Don Kixot»idan keyingi o‘rinda turadi. Roman «mo‘’jizaviy realizm» deb nomlangan yo‘nalishda yozilgan. Bunga sabab, asarda noreal narsalar oddiy holday ko‘rsatiladi.

- 144
- 800
Jaloliddin Rumiy
Radiy Fish
Aziz kitobxon! Yaxshi kitob mutolaasi – ko‘ngil bayrami. Yaxshi kitobni qo‘lga oldingiz, bayramingiz muborak bo‘lsin! Bu kitob bashariyat shoiri deb dong taratgan hazrati Mavlono haqida, uning dunyoning kitobi deb nom qozongan buyuk asari – «Masnaviy ma’naviy»ning yaratilish tarixi xususida.
2007 yil YuNESKO qarori bilan jahon bo‘ylab Jaloliddin Rumiy yili deb ataldi va dunyo mamlakatlarida Mavlono tavalludining muborak sakkiz yuz yilligi bayram qilindi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus majlisi ana shu sanaga bag‘ishlandi.
Hali dunyo ahli biror olimu allomaga bu qadar izzatu ehtirom ko‘rsatmagan. Boshdan-oxir bir qo‘shiqdek jaranglovchi bu roman sizni ana shu ulug‘ siymoning munavvar dunyosiga boshlab kiradi va siz uning umrbod maftuni bo‘lib qolasiz.

- 193
- 845
Judolik diyori
Murod Mansur
“Judolik diyori” romaning mazkur ikkinchi kitobida siz, azizlar, birinchi kitobda o‘qib, mehr qo‘yganingiz qahramonlar – Sultonmurod, Marg‘ubalarning taqdirlari, Mahfuza, Yodgormurod, Hoziq to‘ra, Eshon pochcha va diyoridan adashgan turnalardek hali-hanuz to‘zib yurgan qavm hayoti-kechinmalaoi bilan tanishasiz. Adib bu asarda sarguzasht unsurlaridan mahorat bilan foydalanganki, bu sizni befarq qoldirmaydi, deb o‘ylaymiz.

- 152
- 985
Uliss sarguzashtlari
Jeyms Joys
"Jahon adabiyotlari" kutubxonasi

- 230
- 1056
Lord Ejuorning o'limi
Agata Kristi
Xurmatli o'quvchi! Qo'lingizdagi ushbu kitobdan jahon adabiyotining yirik vakillari bo'lmish Agata Kristining "Lord Ejuorning o'limi" hamda Charlz Vilyamsning "Ajal nafasi" romanlari o'rin olgan. "Lord Ejuorning o'limi" romanida boylik deb uchta begunoh insonni o'ldirib, zarracha vijdoni qiynalmagan go'zal xonim Deynning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilinsa. "Ajal nafasi" asarida ayollar makriga uchrab, o'lim bilan ro'baro' bo'lgan sodda yigit Skarboro Lining boshiga tushgan og'ir musibatlar tasvirlanadi.

- 155
- 1118