Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar

Kafansiz ko'milganlar
Shukrullo
Shukrullo ham qatag'on davrining ikkinchi to'lqini jabrini chekkan, Sibirga badarg'a etilgan o'zbek ijodkorlaridan biri, sho'ro hukumati lagerlarida og'ir azob-uqubatlarni o'z boshidan kechirgan jabrdiydalardan biri hamdir. Uning "Kafansiz ko'milganlar" romani ana shu voqealarning badiiy ifodasidir. Ustoz shoirning "hayot ilhomlari", "umrim boricha", "inson va yaxshilik", "inson – inson uchun" singari she'riy to'plamlari, "javohirlar sandig'i", "tirik ruhlar" kabi xotira romanlari o'zbek kitobxonlariga tanish va sevib mutolaa qilinadi.
- 81
- 482
Ko'k tangri
Sobir Rustamxonli
Taniqli ozarboyjon shoiri, yozuvchisi, dramaturgi, publisisti Sobir Rustamxonlining ushbu romanida Sharq tarixida buyuk ahamiyat kasb etgan. O'g'uz xon timsolida qadim turkiy xalqlarining turmush tarzi, orzu-intilishlari, yakkatangrichilikka bo'lgan ishonch-e'tiqodlari va bu e'tiqodni keng mintaqalarga yoyish uchun olib borgan kurashlari haqida hikoya qilinadi.
- 153
- 473
Lord Ejuorning o'limi
Agata Kristi
Xurmatli o'quvchi! Qo'lingizdagi ushbu kitobdan jahon adabiyotining yirik vakillari bo'lmish Agata Kristining "Lord Ejuorning o'limi" hamda Charlz Vilyamsning "Ajal nafasi" romanlari o'rin olgan. "Lord Ejuorning o'limi" romanida boylik deb uchta begunoh insonni o'ldirib, zarracha vijdoni qiynalmagan go'zal xonim Deynning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilinsa. "Ajal nafasi" asarida ayollar makriga uchrab, o'lim bilan ro'baro' bo'lgan sodda yigit Skarboro Lining boshiga tushgan og'ir musibatlar tasvirlanadi.
- 122
- 725

Sariq devni minib
Xudoyberdi To’xtaboyev
O’zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To’xtaboyevning asarlari nafaqat respublikamizda, balki chetellarda ham ma’lum va mashhurdir. Qo’lingizdagi “Sariq devni minib” sarguzasht romani bolalar hayotidan olib yozilgan bo’lib, ularning sevimli kitoblaridandir. Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo’l halol mehnat, yaxshi xulq-odob va qunt bilan o’qishda ekanligi ta’kidlanadi.
- 181
- 520