Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Лангар фожиаси
Ғулом Карими
Yozuvchi G'ulom Karimiyning “Langar fojiasi” romani ko'lamdor asar. Voqеalar 1917-1941 yillarda tog'lar orasidagi Langar qishlog'i va, umuman, o'lkamizning janubiy xududlarida kеchadi. Ikki avlod
vakillari xayoti tasviri orqali o'sha davrdagi uzbеk xalqi turmushining kеng manzarasi badiiy tarzda aks ettirilgan.
- 49
- 152
Tirilish
Lev Nikolayevich Tolstoy
«Tirilish» - ulug' mutafakkir adib Lev Tolstoyning eng «fosh qiluvchi» romanlaridan biridir. Asarda bosh qahramonlarning achchiq qismati misolida muallif nafaqat jamiyatdagi yolg‘on va qallobliklami, qolaversa, inson ongi va qalbining eng quyi burchidagi yashirin sirlami-da ochib tashlaydi. Lev Tolstoy inson ruhining beqiyos ulug'vorligi, vijdon amri va rahmdillik kishi tarbiyasida juda katta ahamiyatga ega ekanini ko'rsatadi. Uning ushbu asari ham, sevimli adibimiz Abdulla Qahhor ta’biri bilan aytganda, «tarasha yoki payrahaning o'tiga o‘xshab lovullab yonib, bir zumda 0‘chmaydi, balki saksovulning cho'g'iga o'xshab tutab, sust yonadi, lekin harorati zo‘r bo‘ladi, ancha fursat o'chmay turadi.
- 96
- 169
Qatlnoma
Nabijon Boqiy
Hujjatlarga asoslangan ushbu qissa o‘tgan asr o‘ttizinchi yillarda butun Sovet Ittifoqida bo‘lgani kabi o‘zbek xalqi boshiga tushgan qora kunlardan hikoya qiladi. Asar, asosan, o‘zbek romanchiligi asoschisi sifatida ko‘riladigan yozuvchi Abdulla Qodiriy hayotining mudhish kunlari haqida so‘zlasa-da, uni o‘qigan kishida qatag‘on tuzumining butun o‘zbek oydinlari boshi ustida o‘ynatgan qonli qilichi haqida chuqur tasavvur uyg‘otadi.
«Qatlnoma» bizga ular kimlarning qo‘li bilan va qanday yo‘q etilgani haqida so‘zlaydi. Shuning uchun ham asarni hayajonlanmasdan o‘qish mumkin emas.
- 126
- 374