Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Qora odam
Sergey Yesenin
Qo‘lingizdagi mazkur to‘plamda o‘z ohangi va tarovati bilan kitobsevarlar qalbidan munosib joy olgan rusning o‘tli shoiri boim ish Sergey Yeseninning dilbar she’r va dostonlari jamlangan. Qariyb bir asrdirki, Sergey Yesenin nafaqat rus, qolaversa, jahonning, jumladan, xalqimizning ham suyukli shoiriga aylanib ulgurgan. O‘ylaymizki, Yeseninning davr nohaqliklari ustidan, xalq tarafida sobit turib aytilgan isyonkor so‘zlari, shuningdek, asov hislar bilan tiliga ko‘chgan o‘tli misralari siz aziz kitobxonlaming ko‘nglini yana hayajonga soladi.
- 26
- 149
Sirlar
Mixail Svetlov
Kitobning Mixail Arkadyevich Svetlovning eng sara she’rlaridan namunalar keltirildi.
- 47
- 123
Qalb gavhari
Fuzuliy
Otashnafas she’rlari bilan turkiy xalqlarning mushtarak shoiriga aylanib ketgan, asrlar davomida turkiy she’riyatga kuchli ta’sir ko‘rsatib kelgan Muhammad Sulaymon o‘g‘li Fuzuliy o‘zbek xalqi orasida ham mashhur. O‘tmishda hofizxonlik, navoiyxonlik, bedilxonlik qatori fuzuliyxonlik ham keng tarqalgan, shoir asarlari madrasalarning o‘quv dasturiga kiritilgan edi.
Yurtimizda Fuzuliyning hassos she’r va qo‘shiqlari kirib bormagan o‘zbek xonadoni yo‘q desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. She’riyat shinavandalarining ehtiyojlarini hisobga olib tuzilgan ushbu to‘plam sohir so‘z san’atkorining eng mashhur va badiiy barkamol g‘azallari, tarje’bandlari, tarkibbandi, muxammaslari, musaddasi, murabba’lari, qit’alari va ruboiylari hamda «Forsiy devon»idan tarjima qilingan namunalarni o‘z ichiga oladi.
- 225
- 668
Odisseya
Gomer
Turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, yunon shoiri Gomer miloddan avvalgi 12-asr bilan 7-asr oralig‘ida yashab o‘tgan. Uning ko‘zlari ojiz bo‘lgan va o‘z asarlarini baxshilar kabi og‘zaki aytgan. Ularni kim, qachon yozib olgani aniq emas.
Gomerning asrlar osha bizgacha yetib kelgan va hamon ko‘ngillarga hayrat urug‘ini sochishda davom etayotgan «Odisseya» qahramonlik eposi yunon mifologiyasi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, unda faqat she’rlar, afsonalar va rivoyatlargina emas, real tarixiy voqealar ham aks etgan.
- 151
- 497