Жанры
Теги
Самые популярные публикации
Don Kristobalning xatosi
tarjimon Alisher Sa'dulla
Kurrai zaminimizda yashab turgan har bir insonning orzu-umidlari jamiyat kelajagiga, bashariyat taraqqiyotiga muayyan ta'sir ko‘rsatishiga tarixda misollar ko‘p. Zero, ezgu niyatlar insoniyatni farovonlikka boshlashi, buzg‘unchi istaklar jamiyatni tanazzul tomon yetaklashi ham kechmishda ko‘p bor o‘z tasdig‘ini topgan. Mazkur «Don Kristobalning xatosi» kitobidan o‘rin olgan qissa va hikoyalar turli mamlakatlarda yashab ijod qilgan adiblar qalamiga mansub bo‘lsa-da, ularni bir-biriga bog‘lab turuvchi bir qancha jihatlar mavjud. Ularning eng asosiysi – Odamiylik tuyg‘usi, Insonning o‘z-o‘zini anglashga, kamolga yetishga intilishi g‘oyasidir. O‘zining va demak, kishilik jamiyatining baxtli va farovon hayot kechirishi uchun intilish, bu yo‘lda sabot bilan ilgarilash, kitobga kirgan barcha asarlar qahramonlarini bir-biriga ruhan yaqinlashtirib, birlashtirib turadi.
- 111
- 392