Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Anna Karenina. 1 kitob
Lev Nikolayevich Tolstoy
«Anna Karenina» - ayol haqida XIX asrda bitilgan eng yaxshi roman. F.M. Dostoyevskiyning so'zlariga ko‘ra, «Anna Karenina» zamondoshlami «nafaqat o'zining mazmun-mohiyati, balki inson qalbining yirik psixologik ishlanmasi» bilan lol qoldirgan. 1900-yillarga keliboq, Lev Tolstoyning ushbu romani dunyoning juda ko‘plab tillariga o‘girilgan, bugungi kunda esa asar jahon adabiyotining oltin xazinasidan joy olgan.
- 417
- 640
Anna Karenina. 2-kitob
Lev Nikolayevich Tolstoy
Jamiyatda yuqori mavqega ega bo‘lgan xonadon bekasi qalbidagi kemtiklikni muhabbatdan izlaydi. Unga o‘sha muhabbat nasib ham bo‘ladi. Xo‘sh, Anna nega unda atrofidagi mayda muammolardan qat’i nazar, mehr-muhabbatdan sarmast bo'lishi kerak bo‘lgan pallada o‘ziga so'nggi chora - o'limni ravo ko'rdi? Vronskiy-chi? U Annaning vasliga erishgach, qalbi daryo, muhabbati yo'lida sobit ayolga hamisha yana nimadir yetishmayotganini anglashi, his qilishi qiyinmidi?
- 124
- 661
Tirilish
Lev Nikolayevich Tolstoy
«Tirilish» - ulug' mutafakkir adib Lev Tolstoyning eng «fosh qiluvchi» romanlaridan biridir. Asarda bosh qahramonlarning achchiq qismati misolida muallif nafaqat jamiyatdagi yolg‘on va qallobliklami, qolaversa, inson ongi va qalbining eng quyi burchidagi yashirin sirlami-da ochib tashlaydi. Lev Tolstoy inson ruhining beqiyos ulug'vorligi, vijdon amri va rahmdillik kishi tarbiyasida juda katta ahamiyatga ega ekanini ko'rsatadi. Uning ushbu asari ham, sevimli adibimiz Abdulla Qahhor ta’biri bilan aytganda, «tarasha yoki payrahaning o'tiga o‘xshab lovullab yonib, bir zumda 0‘chmaydi, balki saksovulning cho'g'iga o'xshab tutab, sust yonadi, lekin harorati zo‘r bo‘ladi, ancha fursat o'chmay turadi.
- 171
- 913
Jaziramadagi odamlar
Luqmon Bo'rixon
Istedodli yozuvchi Luqmon Bo'rixonning "Jaziramadagi odamlar" romani. Unda ovloq cho'l quyidagi cho'lquvarlarning hayotiy kechinmalari ifoda etilgan. Asarning g'oyat go'zal va jozibali badiiy tili o'quvchini beixtiyor o'ziga rom qiladi.
Romanning bosh qahramoni Lolaxon. Taqdirning taqazosi bilan u ovloq joyga kelin bo'lib tushgan. Lolaxonning achiq qismati hech bir kitobxonni befarq qoldirmaydi. Sevgi-sadoqat, hiyonat va nafrat kabi abadiy tuyg'ularni yozuvchi, o'ziga xos ravishda noyob tasvirlangan.

- 140
- 764
Girdob
O'ktam Usmonov
O‘ktam Usmonov ijodida «Girdob» (1979) romani muhim o‘rin tutadi. Roman asosida yaratilgan videofilm xalq orasida shuhrat qozongan. Asarda ziyolilarning mashaqqat va izlanishlarga to‘la hayoti, haqiqat va nohaqlik o‘rtasidagi shiddatli kurashlar, ziddiyatlar mahorat bilan tasvirlangan. Aziz, Mahamatchatoq obrazlari hayotiy, samimiy bo‘yoqlarda chizilgan. Mazkur roman 1980 yili Oybek mukofotiga sazovor bo‘lgan.

- 114
- 757