yangi adabiyotlar
Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Tinch Don. 1 kitob
Mixail Sholoxov
Rus adabiyoti namoyandasi, yozuvchi Mixail Aleksandrovich Sholoxov ushbu kitobda Don kazaklari hayotini Grigoriy Melexov, Panteley Prokofyevich, Stepan Astaxovlar misolida atroflicha tasvirlaydi. Ayniqsa, Grigoriy va Aksinya o'rtasidagi muhabbat tuyg‘usini o‘ziga xos ravishda juda jo‘shqin misollar orqali ifodalay oigan.
Roman ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilingan bo‘lib, 1965-yilda Sholoxov ushbu romani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan.
Ushbu asar kitob javoningizdan munosib o‘rin egallaydi, degan umiddamiz.
- 196
- 559
Tinch Don. 3 kitob
Mixail Sholoxov
«Tinch Don» romanining uchinchi kitobida Dondagi fuqarolar urushi — 1919-yil mart oyida Don viloyatining shimoliy qismida ro‘y bergan Don kazaklari qo‘zg‘oloni tasvirlanadi.
- 94
- 610
Rus o`rmoni
Leonid Leonov
Yozuvchi va dramaturg Leonid Maksimovich Leonov (1899-1994)ning mazkur romanida Ikkinchi jahon urushi arafasida yosh Polya Vixrova otasi, mashhur o'rmonshunos-olim Ivan Vixrovni izlaydi. U otasi haqidagi barcha haqiqatni bilishga intiladi. Ivan Vixrov esa asossiz ayblovlar va adolatsiz tanqidlar sababli deyarli faqirona hayot kechirishga majbur bo`ladi. Roman halollikni, do'stlikni va har qanday holatda ham insonlar o‘z so'zlariga sodiq qolishlariga o'rgatadi.
- 239
- 517
Hayot bo`stoni
Lidiya Bat
L.Batning «Hayot bo'stoni» nomli asari o‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkir shoiri Alisher Navoiyning hayoti haqida yozilgan mashhur asardan biri hisoblanadi.
- 105
- 502
Hayot va qismat
Vasiliy Grossman
Taniqli rus yozuvchisi Vasiliy Semyonovich Grossman (1905-1964) adabiy faoliyati qatorida harbiy jurnalistika bilan ham shug‘ullangan. Shu bois uning ijodida urush mavzusi ustunlik qiladi. Zotan, u qo'lga qurol olib, vatan himoyasiga otlangan o‘g‘lonlar hamda front orti zahmatkashlari haqida ham qator asarlar yaratdi. Xususan, yozuvchi qalamiga mansub «Hayot va qismat» romanida Stalingrad jangiga u yoki bu darajada daxldor odamlaming taqdirini hikoya qiladi. Oddiy insonlaming mashaqqatli sinovlar davridagi qahramonliklari katta mahorat ila yorqin bo'yoqlarda tasvirlangan ushbu asar keng kitobxonlar ommasiga manzur bo`ladi, degan umiddamiz.
- 105
- 540