Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Tirilish
Lev Nikolayevich Tolstoy
«Tirilish» - ulug' mutafakkir adib Lev Tolstoyning eng «fosh qiluvchi» romanlaridan biridir. Asarda bosh qahramonlarning achchiq qismati misolida muallif nafaqat jamiyatdagi yolg‘on va qallobliklami, qolaversa, inson ongi va qalbining eng quyi burchidagi yashirin sirlami-da ochib tashlaydi. Lev Tolstoy inson ruhining beqiyos ulug'vorligi, vijdon amri va rahmdillik kishi tarbiyasida juda katta ahamiyatga ega ekanini ko'rsatadi. Uning ushbu asari ham, sevimli adibimiz Abdulla Qahhor ta’biri bilan aytganda, «tarasha yoki payrahaning o'tiga o‘xshab lovullab yonib, bir zumda 0‘chmaydi, balki saksovulning cho'g'iga o'xshab tutab, sust yonadi, lekin harorati zo‘r bo‘ladi, ancha fursat o'chmay turadi.
- 175
- 938
Jaziramadagi odamlar
Luqmon Bo'rixon
Istedodli yozuvchi Luqmon Bo'rixonning "Jaziramadagi odamlar" romani. Unda ovloq cho'l quyidagi cho'lquvarlarning hayotiy kechinmalari ifoda etilgan. Asarning g'oyat go'zal va jozibali badiiy tili o'quvchini beixtiyor o'ziga rom qiladi.
Romanning bosh qahramoni Lolaxon. Taqdirning taqazosi bilan u ovloq joyga kelin bo'lib tushgan. Lolaxonning achiq qismati hech bir kitobxonni befarq qoldirmaydi. Sevgi-sadoqat, hiyonat va nafrat kabi abadiy tuyg'ularni yozuvchi, o'ziga xos ravishda noyob tasvirlangan.

- 146
- 800
Girdob
O'ktam Usmonov
O‘ktam Usmonov ijodida «Girdob» (1979) romani muhim o‘rin tutadi. Roman asosida yaratilgan videofilm xalq orasida shuhrat qozongan. Asarda ziyolilarning mashaqqat va izlanishlarga to‘la hayoti, haqiqat va nohaqlik o‘rtasidagi shiddatli kurashlar, ziddiyatlar mahorat bilan tasvirlangan. Aziz, Mahamatchatoq obrazlari hayotiy, samimiy bo‘yoqlarda chizilgan. Mazkur roman 1980 yili Oybek mukofotiga sazovor bo‘lgan.

- 119
- 783