Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Tiniq ko`llar
Yuriy Nagibin
Atoqli rus yozuvchisi, bir qator hikoya va qissalar, kinossenariylar va memuarlar muallifi Yuriy Markovich Nagibin asarlari hayotiyligi bilan bugungi kunda ham kitobxonlar qalbiga kirib bormoqda. Aytish joizki, muallif barcha yoshdagi o'quvchilar uchun samimiy ruhda ko'plab asarlar yaratgan.
Sizga taqdim etilayotgan ushbu kitobga kiritilgan qissa va hikoyalarda yozuvchi bolalik xotiralarini tasvirlash orqaii o'sha davr manzaralarini chizadi. Uning qahramonlari - sodda, samimiy, vatanparvar, fidoyi bolalar va kattalar bo'lib, aksariyati insoniy fazilatlarga boyligi uchun ham bir-birlariga suyanadi va birlashgan - o'zar, degan aqidaga sodiq qolgan holda, mashaqqatli turmush dovonlarini oshib o'tadi
- 26
- 138
Tungi binafsha
Aleksandr Kuprin
Atoqli rus adibi Aleksandr Ivanovich Kuprinning ijodi doimo qadrlanib kelingan. Zero, xassos adib uchun hayot va ijod bir butunlikda uyg‘unlashgan edi.
Mazkur to‘plamdan muallifning qalamiga mansub, rus adabiyotida muhabbat mavzusidagi asarlaming go‘zal namunasiga aylangan qissalar, bir-biridan ajoyib va g'aroyib hikoyalar, insonlarning og‘ir turmushi, ijodkor matlabi haqqoniy tasvirlarda ifodalangan ocherklar joy olgan.
Kuprinning asarlarini mutolaa qilar ekansiz, obrazlaming xilmaxilligi, ulaming lirik holatlari, ilohiy tuyg‘u hisoblanmish mehrmuhabbatning naqadar sofligi, bulaming barchasi insonning irodasi, botiniy hamda ruhiy-ma’naviy dunyosiga bog`liq ekaniga guvoh bo‘lasiz.
- 36
- 146
Privalov millionlari
Dmitriy Mamin-Sibiryak
Atoqli rus yozuvchisi va dramaturgi Dmitriy Narkisovich Mamin-Sibiryak (1852-1912), aytish mumkinki, o'zining barcha asarlarini sayohatlar, kuzatuvlari asosida yozdi. Zotan, u adabiyotga «Uraldan Moskvagacha» yo‘l ocherklari bilan kirib kelgan edi. Mamin-Sibiryakning qahramonlari oddiy xalq, o‘z kunini o‘zi ko‘ruvchi, sodda va jaydari insonlardir. Xususan, uning «Privalov millionlari» romanidagi, Maksim Gorkiy ta’biri bilan aytganda, o'zgacha turmush tarzi, yorqin xarakterlar va teran demokratizm rus xalqini tushunishga va yaxshi ko'rishga ko'mak beradi.
Mazkur kitobdan joy olgan «Ural hikoyalari» turkumidagi «Doktor Osokinning sog‘ayishi» hikoyasida esa muallif Ural va Sibirdagi islohotlar davrini, umumxalq ongi hamda inson huquqlari va axloq masalalarini o‘rtaga tashlaydi.
- 33
- 126
Oq Bim Qoraquloq
Gavriyil Troyepolskiy
Rus adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri, dramaturg va ssenariynavis G.N. Troyepolskiy yer yuzidagi hayotni ishtiyoq bilan himoya qiladi. insonning tabiat oldidagi ulkan mas'uliyati haqida kuyinib hikoya qiladi.
Kutilmaganda muammoga duch kelgan egasiga sodiq it – Bim haqidagi ushbu hikoya siz aziz kitobxonlami befarq qoldirmaydi. Bim, tug‘ilishidanoq oq rangga ega bo‘lib, yolg'iz pensioner Ivan Ivanovich bilan yashaydi. To'satdan, uning yuragidagi og'riq o‘z kuchini ko‘rsatib, uni Moskvaga olib ketishadi va itni qo‘shniga ishonib topshirishadi, lekin u uy egasini qidirib kvartiradan chiqib ketadi.
- 30
- 131
Dengizdan esgan shabada
Konstantin Paustovskiy
Konstantin Georgiyevich Paustovskiy (1892-1968) XX asr rus adabiyotining yirik namoyandalaridan biri. Uning «Sevgi», «Yaltiroq bulutlar» romanlari, «Qorabo‘g‘oz», «Kolxida», «Oltin gul», «Hayot haqida qissalar» kabi qissalari, yuzlab hikoyalari jahon xalqlarining ko'plab tillariga tarjima qilinib, katta shuhrat qozongan.
K.Paustovskiy asarlarida sevgi, xokisor insoniy muhabbat, yorqin va jozibali tasvirlanadi. Siz o'qishga kirishayotgan ushbu kitobda ham Sevgi, Vafo, MehrOqibat hatto urush qabohatlaridan-da ustun ekani alohida ta’kidlanadi. Asar chuqur lirizm bilan sug‘orilgan bo‘lib, unda hayot falsafasi ufurib turadi.
- 33
- 127