Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Ivan Denisovichning bir kuni
Aleksandr Isayevich Soljenitsin
Aleksandr Isayevich Soljenitsin asarlari nafaqat rus adabiyotida, balki jahon adabiyotining noyob durdonalari sifatida e’tirof etiladi. Adibga adabiyot bo‘yicha nufuzli Nobel mukofoti topshirilgani ham bejiz emas. Muallifning qay bir asarini o'qimang, xoh hikoya, xoh qissa, xoh roman bo`ladimi, mutolaa jarayonida hayrat ummoniga sho‘ng‘iganingizni, uning qahram onlari bilan ham nafas boiganingizni bilmay qolasiz. Zotan, adibning asarlari qanchalik murakkab bo'lm asin, muallif go‘zallikni - soddalik, samimiylik, insoniylikda ko‘radi, inson erki va qadri, adolat, insonlararo munosabatlar, e’tiqod, ezgulikni tarannum etadi. Mazkur kitobda ham muallifning eng sara asarlari jamlangan.
- 22
- 145
Saylanma
Рабиндранат Тагор
Rabindranat Tagorning kitobi - yozuvchi-mutafakkir, so'zning nozik rassomi, internatsionalist va gumanist - o'rta maktab o'quvchilari tushunishi mumkin bo'lgan eng yaxshi asarlarni o'z ichiga oladi.
- 31
- 129
Инсон
Эркин Воҳидов
Ушбу сайланмага Ўзбекистон Қаҳрамони Эркин Воҳидовнинг турли йилларда яратган дилбар шеърларининг энг саралари жамланган.
- 454
- 1214
Xamsa
Alisher Navoiy
Men Alisher Navoiy nasriy asarlari, dostonlarini janrlariga mos - nasriy va she’riy tabdillarini Navoiy muxlislari uchun orzu qilaman. «Xamsa» dostonlari va «Lison ut-tayr»ning she’riy tabdillarini Erkin Bohidov va Abdulla Oripovday zabardastlarimiz, Sirojiddin Sayyiddav katta iste’dod, Iqbol Muyoday umidli yoshlarimiz, «Mahbub ul qulub»ni Nazar Eshonqulda nosirimiz, «Majolis un-nafois»ni Ergash Ochilovday zukko zahmatkashjmiz, «Devoni Foniy» tarjimasini Jamol Kamolday mehnatkashimiz, «Nasoyim ul-muhabbat»ni Sayfiddin Sayfullohdek yoki Hamidxon Islomiydek tolmas olimlarimiz bajarsalar qaniydi! - deb umid ko'zini tutaman.
- 877
- 1816
Yo‘qotganlarim va topganlarim
Said Ahmad
Ushbu kitob muallifi — O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Said Ahmad hozirgi kunda unutilmas xotiralarga aylangan atoqli adabiyot arboblari bilan uzoq vaqg birga bo‘lgan. Ularga safarlarda hamrohlik qilgan. Xalqimiz ardog‘idagi bu benazir insonlarning nurli kunlarida ham, alam-iztirob chekkan onlarida ham yonlarida bo‘lgan. Xotiralarda adabiy to‘kimalar yo‘q. Tasvirlangan voqealar sinchkovlik bilan kuzatilgan, yozuvchining o‘tkir nigohidan o‘tgan sof haqiqatdir. Kitobning birinchi bobida tilga olingan va ajib mehr bilan tasvirlangan ustozlar endi yo‘q. Ular xalqqa, vatanimiz badiiy xazinasiga qimmatbaxo gavharlar qoldirib yo‘qlik sari ketganlar. Kitobning ikkinchi bobida hozirgi kunda ijod qilayotgan va bugungi kunda yetuk yozuvchi bo‘lgan, xalq hurmatiga sazovor bo‘lgan yozuvchilar, kitob muallifi shogirdlari to‘g‘risida qaynoq fikrlar bayon qilinadi. Uchinchi bobda goh nurli, goh nursiz kunlarni boshidan kechirgan muallifning iztiroblari, ko‘p mashaqqatlar bilan topgan iqboli to‘g‘risida ta’sirli fikrlar bayon qilinadi. O‘ylaymizki, bu asar o‘quvchilarni befarq qoldirmaydi. Ularni o‘ylashga chorlab, bu yorug‘ kunlarda yashash baxti qanchalar mashaqqatlar hisobiga kelganini bayon qiladi.
- 535
- 2376