Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Болалик хотираларим
Ойбек
Атоқли ўзбек ёзунчиси Муса Тошмуҳаммад ўғли Ойбек турфа воқеаларга бой машаққатли ва айни пайтда ажойиб ҳаёт йўлини босиб ўтган. Қўлингиздаги «Болалик хотираларим» китобида у aнa шу йўлнинг 1917—1918 йилларга қадар бўлган қисми билан сиз, ҳурматли китобхонларни таништиради. Ойбек cингари улуғ алломаларнинг болалик ва ёшлик кезлари, уларнинг кўча чангитиб юрган оддий боладан халқнинг мутафаккир сиймоларидан бирига айланиши айниқса ёш авлодлар учуи хамиша мароқли ва ибратлидир.
- 202
- 1177
Отамдан қолган далалар
Мурод, Тоғай
Муаллиф ўз романида бутун умр далада кетмон чопиб, серқёш юртида елкаси офтоб кўрмаган, қут-баракот юртида косаси оқармаган мунис ўзбек халқи сиймосини Деҳқонқул тимсолида бадиий талқин этади.
- 204
- 1106
Yo‘qotganlarim va topganlarim
Said Ahmad
Ushbu kitob muallifi — O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Said Ahmad hozirgi kunda unutilmas xotiralarga aylangan atoqli adabiyot arboblari bilan uzoq vaqg birga bo‘lgan. Ularga safarlarda hamrohlik qilgan. Xalqimiz ardog‘idagi bu benazir insonlarning nurli kunlarida ham, alam-iztirob chekkan onlarida ham yonlarida bo‘lgan. Xotiralarda adabiy to‘kimalar yo‘q. Tasvirlangan voqealar sinchkovlik bilan kuzatilgan, yozuvchining o‘tkir nigohidan o‘tgan sof haqiqatdir. Kitobning birinchi bobida tilga olingan va ajib mehr bilan tasvirlangan ustozlar endi yo‘q. Ular xalqqa, vatanimiz badiiy xazinasiga qimmatbaxo gavharlar qoldirib yo‘qlik sari ketganlar. Kitobning ikkinchi bobida hozirgi kunda ijod qilayotgan va bugungi kunda yetuk yozuvchi bo‘lgan, xalq hurmatiga sazovor bo‘lgan yozuvchilar, kitob muallifi shogirdlari to‘g‘risida qaynoq fikrlar bayon qilinadi. Uchinchi bobda goh nurli, goh nursiz kunlarni boshidan kechirgan muallifning iztiroblari, ko‘p mashaqqatlar bilan topgan iqboli to‘g‘risida ta’sirli fikrlar bayon qilinadi. O‘ylaymizki, bu asar o‘quvchilarni befarq qoldirmaydi. Ularni o‘ylashga chorlab, bu yorug‘ kunlarda yashash baxti qanchalar mashaqqatlar hisobiga kelganini bayon qiladi.
- 535
- 2376
Ikki eshik orasi
O‘tkir Hoshimov
Payshanba - maosh kuni edi. Peshindan keyin atrofi taxta devor bilan omonat o‘ralgan qurilish hovlisiga chang-to‘zon ko‘tarib «ZIL» mashinasi kirib keldi. Chekkadagi ko‘chma vagoncha oldida voshillab to‘xtadi. Kabina eshigi ochilib, qo‘ltig‘iga qora sumka qistirgan kassir qiz - Faya sakrab tushdi.
- 3784
- 8219
Urush va qismat
Odil Abduraqmon
Oliygohni endi tamomlab, maktabda ish boshlagan Zuhriddinning fin urushi-yu, asirlikdagi hayoti, urush» degan ofat sabab butun oilasidan ajralib, yolg‘iz qolgan Emma, sevgisiga erishish uchun o‘zga yurtlarni vatan qilgan Nodira opa, tomirida jo‘sh urayotgan qon sabab bilmagan holda qarindoshlarga intilish... Ular o‘rtasida o‘xshashlik yo‘k, umumiylik esa barcha insonlarga xos. Qismat bitigi insonning xohishi va imkoniyatlaridan ustunligi, hayot va ko‘rguliklar belgilanganidan ortiq ham, kam ham bo‘lmasligiga ushbu roman mutolaasidan keyin yana bir bor amin bo‘lamiz.
- 233
- 1226