Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Privalov millionlari
Dmitriy Mamin-Sibiryak
Atoqli rus yozuvchisi va dramaturgi Dmitriy Narkisovich Mamin-Sibiryak (1852-1912), aytish mumkinki, o'zining barcha asarlarini sayohatlar, kuzatuvlari asosida yozdi. Zotan, u adabiyotga «Uraldan Moskvagacha» yo‘l ocherklari bilan kirib kelgan edi. Mamin-Sibiryakning qahramonlari oddiy xalq, o‘z kunini o‘zi ko‘ruvchi, sodda va jaydari insonlardir. Xususan, uning «Privalov millionlari» romanidagi, Maksim Gorkiy ta’biri bilan aytganda, o'zgacha turmush tarzi, yorqin xarakterlar va teran demokratizm rus xalqini tushunishga va yaxshi ko'rishga ko'mak beradi.
Mazkur kitobdan joy olgan «Ural hikoyalari» turkumidagi «Doktor Osokinning sog‘ayishi» hikoyasida esa muallif Ural va Sibirdagi islohotlar davrini, umumxalq ongi hamda inson huquqlari va axloq masalalarini o‘rtaga tashlaydi.
- 89
- 625
Sening isming
Pyotr Proskurin
Rus adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Pyotr Lukich Proskurin keng kitobxonlar ommasiga yaxshi tanish. Adib asarlarida bepoyon rus zaminini hamisha go‘zal tarzda qalamga olishi bilan ajralib tursa-da, undagi inson obrazi, xarakterlar xilma-xilligi o ‘quvchini o‘ziga bogiab oladi. Uning har bir asarida rus xalqiga bo'lgan ehtirom sezilib turadi. Qo‘lingizdagi asar ham o‘z ijodkoriga alohida shuhrat keltirgani bilan diqqatga sazovor. Mutolaa chog‘i qalamga olingan qahramonlar turli fe’l-atvorga ega bo'lishlariga qaramay, ularni yaxshi ko‘rib qolganingizni sezmay qolasiz. Ular bilan hamnafas bo‘lib, sarguzashtlariga beixtiyor sherik bo‘lasiz. Asosiysi esa Vatan degan tushuncha naqadar buyukligini his etasiz. Zero, yozuvchining maqsadi ham shu aslida
- 255
- 627
Oq va qora
Vladimir Mayakovskiy
XX asming yirik ijodkorlaridan biri, atoqli rus shoiri Vladimir Mayakovskiyning she’rlarini hozirgi kunda ham o'zbek she’riyat ixlosmandlari sevib-suyib mutolaa qilishadi. Zotan, uning she’rlari otashin misralarga to‘la, satrlarida qizginlik, kuchli ehtiros yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Mazkur to'plamga Vladimir Vladimirovich Mayakovskiy ijodining turli bosqichlaridagi qalb ixtirolari - she'rlari va dostonlari jam langan bo‘lib, ular, shubhasiz, kitobxon botmida burilish yasaydi.
- 195
- 648
Oq Bim Qoraquloq
Gavriyil Troyepolskiy
Rus adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri, dramaturg va ssenariynavis G.N. Troyepolskiy yer yuzidagi hayotni ishtiyoq bilan himoya qiladi. insonning tabiat oldidagi ulkan mas'uliyati haqida kuyinib hikoya qiladi.
Kutilmaganda muammoga duch kelgan egasiga sodiq it – Bim haqidagi ushbu hikoya siz aziz kitobxonlami befarq qoldirmaydi. Bim, tug‘ilishidanoq oq rangga ega bo‘lib, yolg'iz pensioner Ivan Ivanovich bilan yashaydi. To'satdan, uning yuragidagi og'riq o‘z kuchini ko‘rsatib, uni Moskvaga olib ketishadi va itni qo‘shniga ishonib topshirishadi, lekin u uy egasini qidirib kvartiradan chiqib ketadi.
- 92
- 633
Nima qilmoq kerak?
Nikolay Chernishevskiy
N.G.Chernishevskiyning «Nima qilmoq kerak?» romani ma’naviy asorat kishanlarini parchalab, nurafshon istiqbol va pok muhabbat uchun kurashgan matonatli qalb egalarini tarannum etguvchi asardir.
Romanda inson ma’naviy dunyosi chuqur tahlil etilib, ijtimoiy axloq qonunlarining mag‘zi chaqib bcrilgan.
- 197
- 581