Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Peterburgdan Moskvaga sayohat
Aleksandr Radishchev
Rossiya ozodlik harakati tarixi Aleksandr Radishchev nomi bilan ochib beriladi. Radishchev Rossiyadagi mustabid krepostnoy tizim ziddiyatlarining tub ildizlarini birinchilardan boiib anglab yetdi va ezilgan xalq tarafini oldi. U o‘zining «Hurlik» nomli qasidasi bilan inqilobiy ruhiyatdagi she’riyatni boshlab berdi, «Tobolskda istiqomat qiluvchi do‘stimga xat», «Fyodor Vasilyevich Ushakovning umr yo`li» va boshqa maqolalari bilan inqilobchi mutafakkir sifatida namoyon boidi. Biroq yozuvchining mustabid va krepostnoylik tizimiga boigan nafrati «Peterburgdan Moskvaga sayohat» asarida yanada kuchli ifoda etilgan va bu asar Radishchevning rus inqilobiy harakatidagi hamda rus adabiyoti tarixidagi o‘mini yaqqol ko‘rsatib berdi. Bu «sayohat» yozuvchining turfa ko‘rinishdagi barcha hayotiy tajribalarini o‘zida mujassam etgan, uning bilimlari va qiziqishlarining chinakam ensiklopedik xususiyatini aks ettirgan, o‘ttiz yillik kuzatuvlari, Rossiya voqeliklarining eng turfa tomonlari, jahon va rus tarixi haqidagi mulohazalarini umumlashtirgan.
- 126
- 646
Volokolamsk yo`lida
Aleksandr Bek
Ushbu asarda Ikkinchi jahon urushida matonat bilan jang qilgan mard va jasur qahramonlaming o‘y-kechinmalari, orzuumidlari keng koiamda ifodalangan. Asarda urushning dahshatlari inson qalbiga, uning ruhiga unutilmas iztiroblar solganligi mahorat bilan tasvirlangan. 0‘ylaymizki, mazkur roman o‘smir-yoshlar qalbida ona-Vatanga muhabbatni yanada kuchaytiradi hamda ularni, el-yurtga sadoqat ruhida tarhiyalash va yuksak insoniy fazilatlaming kamol topishiga xizmat qiladi.
- 101
- 616
Ivan Denisovichning bir kuni
Aleksandr Isayevich Soljenitsin
Aleksandr Isayevich Soljenitsin asarlari nafaqat rus adabiyotida, balki jahon adabiyotining noyob durdonalari sifatida e’tirof etiladi. Adibga adabiyot bo‘yicha nufuzli Nobel mukofoti topshirilgani ham bejiz emas. Muallifning qay bir asarini o'qimang, xoh hikoya, xoh qissa, xoh roman bo`ladimi, mutolaa jarayonida hayrat ummoniga sho‘ng‘iganingizni, uning qahram onlari bilan ham nafas boiganingizni bilmay qolasiz. Zotan, adibning asarlari qanchalik murakkab bo'lm asin, muallif go‘zallikni - soddalik, samimiylik, insoniylikda ko‘radi, inson erki va qadri, adolat, insonlararo munosabatlar, e’tiqod, ezgulikni tarannum etadi. Mazkur kitobda ham muallifning eng sara asarlari jamlangan.
- 82
- 629
Hamlet
Вильям Шекспир
Shekspirning "Hamlet" asari jahon adabiyotining falsafiy va ijtimoiy muammolarning chuqurligi va ko'lami bo'yicha eng buyuk asarlaridan biridir.
- 86
- 757
Lutra
Ishtvan Fekete
Lutra ismli oddiy otterning hayoti va sarguzashtlari haqidagi ertak.
- 100
- 624