Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Bog`chasaroy fontani
A. S. Pushkin
Pushkinning bir asarini yaxshilab tarjima qilish she’riy jihatdan bir pog‘ona o‘sish demakdir, degan edi Hamid Olimjon. Pushkin asarlarini o‘zbek kitobxoniga yuksak saviyada yetkazish ishida bir necha avlod shoir va yozuvchilari ishtirok etdilar. Ular juda ko‘p, lekin shu o‘rinda Choipon, Oybek, Usmon Nosir va Mirtemirlar nomini alohida hurmat va ehtirom bilan tilga olishga o‘zimni burchli, deb bilaman. Mirtemir domla o‘girgan birgina «Alvido, zo‘r qudrat, asov g‘alayon» satrining o'ziyoq Pushkin she’ri o‘zbek tiliga qanchalik singishib, o‘zlashib ketganiga go‘zal misoldir.
- 103
- 701
Sepsiz qiz
Aleksandr Nikolayevich Ostrovskiy
Aleksandr Nikolayevich Ostrovskiyning rus adabiyotida «yangi dunyo»ni boshlab bergan dramaturgiyasining alohida jihati shunda ediki, undagi personajlaming obrazida jonlilik bor edi. Tomoshabin tiliga tushgan har bir sahna asarining tili xalqona va badiiy jihatdan mukammal hamda ishonarliligi bilan nom qozongandi. 1853-yildan boshlab deyarli har mavsumda Moskva va Sankt-Peterburg teatrlarida Ostrovskiyning yangi pyesalari sahnalashtirilardi: «G‘alati ziyofatda», «Serdaromad joy», «Momaqaldiroq», «Aqldan ozgan pul» dramalari sahnaning eng jonli va sevimli asarlariga aylangandi.
- 114
- 705