Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Telba
Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy
Ushbu asami turli millatga mansub minglab, millionlab kitobxonlar sevib mutolaa qilishadi. Asaming qimmati nimada? Nima uchun bu asami o'qigan kitobxon buyuk ijodkor - Dostoyevskiy ijodiga qayta-qayta murojaat qilishga o'zida kuchli ma’naviy ehtiyoj sezadi? Asaming qahramoni telba, darvesh bo'lgani holda o'quvchini qaysi tomonlari bilan o‘ziga tortadi? Bu savollami kitobni o'qigan har bir kitobxon o ‘ziga yarasha javob topadi. Chunki javoblar barcha zamonlarda boigan, hamma davrlarda uchraydigan - manfaatparastlik, boylikka mukkasidan ketgan johillar orasida yashab, insoniylik xususiyatini saqlab qolgan, odamlarga hamisha hamdard bo'lolgan, buyuk qalb bilan yashagan knyaz Mishkin (Telba); hayotining o‘ta murakkab va mushkul damlarida zohiran juda go‘l va zaif ko'ringan qahramonlarimizga qalban muhtojlik sezgan Nastasya Filippovna, Aglaya kabi asaming asosiy qahramonlari mutolaa yakuniga qadar o'quvchining diqqat markazida turadi.
- 24
- 139
Tiniq ko`llar
Yuriy Nagibin
Atoqli rus yozuvchisi, bir qator hikoya va qissalar, kinossenariylar va memuarlar muallifi Yuriy Markovich Nagibin asarlari hayotiyligi bilan bugungi kunda ham kitobxonlar qalbiga kirib bormoqda. Aytish joizki, muallif barcha yoshdagi o'quvchilar uchun samimiy ruhda ko'plab asarlar yaratgan.
Sizga taqdim etilayotgan ushbu kitobga kiritilgan qissa va hikoyalarda yozuvchi bolalik xotiralarini tasvirlash orqaii o'sha davr manzaralarini chizadi. Uning qahramonlari - sodda, samimiy, vatanparvar, fidoyi bolalar va kattalar bo'lib, aksariyati insoniy fazilatlarga boyligi uchun ham bir-birlariga suyanadi va birlashgan - o'zar, degan aqidaga sodiq qolgan holda, mashaqqatli turmush dovonlarini oshib o'tadi
- 28
- 145
Tungi binafsha
Aleksandr Kuprin
Atoqli rus adibi Aleksandr Ivanovich Kuprinning ijodi doimo qadrlanib kelingan. Zero, xassos adib uchun hayot va ijod bir butunlikda uyg‘unlashgan edi.
Mazkur to‘plamdan muallifning qalamiga mansub, rus adabiyotida muhabbat mavzusidagi asarlaming go‘zal namunasiga aylangan qissalar, bir-biridan ajoyib va g'aroyib hikoyalar, insonlarning og‘ir turmushi, ijodkor matlabi haqqoniy tasvirlarda ifodalangan ocherklar joy olgan.
Kuprinning asarlarini mutolaa qilar ekansiz, obrazlaming xilmaxilligi, ulaming lirik holatlari, ilohiy tuyg‘u hisoblanmish mehrmuhabbatning naqadar sofligi, bulaming barchasi insonning irodasi, botiniy hamda ruhiy-ma’naviy dunyosiga bog`liq ekaniga guvoh bo‘lasiz.
- 38
- 155
Uch baqaloq
Yuriy Olesha
Yuriy Karlovich Oleshaning bolalar uchun yozgan «Uch baqaloq» ertak-romani jahon xalqlari tillariga taijima qilingan. Shu kitob asosida yaratilgan balet, kinofilm millionlab tomoshabinlarning sevimli asariga aylangan. Zulm, istibdod, haqsizlik avj olgan Uch Baqaloq mamlakatining mehnatkashlari donishmand doktor Gaspar, mohir dorboz Tibul, mard qurolsoz Prospero. tadbirkor qizaloq Suok kabi qahramonlar bilan birgalikda boyonlar saltanatiga qarshi bosh ko‘taradilar...
1927-yili yozilgan «Hasad» romani Y.Olesha ijodining eng yuqori cho'qqisi bo'lib, XX asr rus adabiyotining durdona asarlaridan biri hisoblanadi. Asarda inqilobdan keyingi Rossiyada «ortiqcha odam»ga aylanib qolgan ziyoli insonning fojiali taqdiri hikoya qilinadi
- 206
- 111
Uxlar edi oltin bulutcha
Anatoliy Pristavkin
Mashhur rus yozuvchisi Anatoliy Pristavkin tomonidan o'tgan asrning 80-yillarida yozilgan «Uxlar edi oltin bulutcha» qissasida Ikkinchi jahon urushi paytida Moskva viloyatidan Kavkazga ko‘chirilgan yetim egizaklar - Kuzminlar (muallif ularni Kuzminchalar deb nomlagan) va ularning boshidan kechirganlari haqida hikoya qilinadi. Urush va uning bolalar taqdiriga ko'rsatgan ta’sirini mahorat bilan tasvirlab bergan yozuvchining ushbu asari kitobxonni befarq qoldirmasligi aniq.
«Mahshar kuni» qissasida butun urush davomida zavodda kecha-yu kunduz mehnat qilgan, o‘z ishining haqiqiy ustasi bo'lgan, biroq bir kungina ishga kelmagani sababli sud qilingan o'smir Konstantin Vedernikovning taqdiri haqida hikoya qilinadi.
- 43
- 177