Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Soat mexanizmi apelsin
Entoni Byordjess
Mashhur ingliz yozuvchisi E.Bergessning (1917-yilda tug‘ilgan) 1962-yilda yozilgan romani yaqin kelajakdagi jamiyatda inson ruhiyatiga zo‘ravonlik va shaxsning ma’naviy tanazzulga uchrashi muammolariga bag‘ishlangan.
- 25
- 120
Chol, qiz va oftob
Vasiliy Shukshin
Rossiyada xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Vasiliy Shukshinning hikoyalarida soddalik, mehr, sadoqat, g‘azab, o‘zbilarmonlik, manmanlik, takabburlik, ishonch, umid, oilaga sadoqat, ona mehri, sotqinlik, ayol vasvasasi, bevafolik, muhabbat, sevgi iztiroblari va boshqa inson xarakteriga xos bo‘lgan xususiyatlar hamisha yetakchilik qiladi. Uning hikoyalaridagi oddiy hayot falsafasi ana shu qirralarda yanada go‘zal tarzda namoyon boiadi va voqealar rivoji hamda shiddati kitobxonni benihoya katta kuch bilan o‘ziga tortadi.
V. Shukshin hikoyalarini o‘qib ko‘rsangiz bunga o'zingiz ham ishonch hosil qilasiz, degan umidda uni sizga ham tuhfa etmoqdamiz.
- 67
- 154
Omon bo`sang unutma
Valentin Rasputin
«Omon boisang, unutma» qissasida yozuvchi oddiy qishloq ayolining qochoq turmush o ‘rtog‘i tufayli fojiaviy yakun topgan qismatidan so'zlasa, «So'nggi muhlat»da u chin insoniy tuyg‘ular, oqibat, sadoqat va farzandlaming onaga hamda o‘zaro munosabatlarini mohirona yoritib beradi.
Shuningdek, ushbu to‘plamdan joy olgan «Yong‘in», «Mariyaga pul kerak» qissalari hamda «Fransuz tili saboqlari» hikoyasida ham qishloq hayoti, undagi odamlar, ulaming his-tuyg‘ulari, kechinmalari nozik tasvirlanar ekan, voqealar dilga yaqinligi va rivoji bilan kitobxonda zo‘r qiziqish uyg'otadi.
- 40
- 147
O`rmonlar orasida
Vladimir Tendryakov
XX asr 60-70-yillarining taniqli yozuvchilaridan biri Vladimir Fyodorovich Tendryakov haqli ravishda rus «qishloq hayoti nasri»ning klassigi hisoblanadi.
«O‘rmonlar orasida» qissasi dastlab 1953-yilda nashr etilgan bo‘lib, unda qishloq odamlarining mehnati, ular hayotining o ‘tkir axloqiy muammolari, inson vijdoni, diyonati masalalari asosiy o'rinni egallaydi.
«Yechilmas tugun» romanida jamoa xo'jaligi raisi Ignat Gmizin vafot ctgan tuman qo‘mitasi kotibining o‘g‘li Sasha Komelevni o‘z qaramog'iga olgani haqida hikoya qilinadi. Yigit jamoa xo‘jaligida ishlay boshlaydi va institutning sirtqi bo‘limiga o ‘qishga kiradi, ko‘p vaqtini qorako'z Katya bilan o ‘tkazadi, Katya esa tuman qo‘mitasining yangi kotibi - Sashadan farqli o ‘laroq mard va dovyurak boMgan insonga ko'ngil qo‘yadi...
- 64
- 134
Sirlar
Mixail Svetlov
Kitobning Mixail Arkadyevich Svetlovning eng sara she’rlaridan namunalar keltirildi.
- 49
- 127