Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Rus o`rmoni
Leonid Leonov
Yozuvchi va dramaturg Leonid Maksimovich Leonov (1899-1994)ning mazkur romanida Ikkinchi jahon urushi arafasida yosh Polya Vixrova otasi, mashhur o'rmonshunos-olim Ivan Vixrovni izlaydi. U otasi haqidagi barcha haqiqatni bilishga intiladi. Ivan Vixrov esa asossiz ayblovlar va adolatsiz tanqidlar sababli deyarli faqirona hayot kechirishga majbur bo`ladi. Roman halollikni, do'stlikni va har qanday holatda ham insonlar o‘z so'zlariga sodiq qolishlariga o'rgatadi.
- 24
- 106
Vamberi
Nikolay Tixonov
XVIII-XIX asrlarda yashagan vengriyalik taniqli olim, jasur sayohatchi German Vamberining boshidan juda ko‘p sarguzashtlar o‘tgan. U, jumladan, Osiyo mamlakatlari - Turkiya, Eron, Xiva, Buxoro hamda Samarqandga sayohat qilgan. Yozuvchi Nikolay Tixonovning «Vamberi» qissasi mana shu ajoyib siymoning g‘aroyib sayohatlari haqida hikoya qiladi.
- 20
- 118
Hayot bo`stoni
Lidiya Bat
L.Batning «Hayot bo'stoni» nomli asari o‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkir shoiri Alisher Navoiyning hayoti haqida yozilgan mashhur asardan biri hisoblanadi.
- 42
- 107
Dengizdan esgan shabada
Konstantin Paustovskiy
Konstantin Georgiyevich Paustovskiy (1892-1968) XX asr rus adabiyotining yirik namoyandalaridan biri. Uning «Sevgi», «Yaltiroq bulutlar» romanlari, «Qorabo‘g‘oz», «Kolxida», «Oltin gul», «Hayot haqida qissalar» kabi qissalari, yuzlab hikoyalari jahon xalqlarining ko'plab tillariga tarjima qilinib, katta shuhrat qozongan.
K.Paustovskiy asarlarida sevgi, xokisor insoniy muhabbat, yorqin va jozibali tasvirlanadi. Siz o'qishga kirishayotgan ushbu kitobda ham Sevgi, Vafo, MehrOqibat hatto urush qabohatlaridan-da ustun ekani alohida ta’kidlanadi. Asar chuqur lirizm bilan sug‘orilgan bo‘lib, unda hayot falsafasi ufurib turadi.
- 33
- 127
Hayot va qismat
Vasiliy Grossman
Taniqli rus yozuvchisi Vasiliy Semyonovich Grossman (1905-1964) adabiy faoliyati qatorida harbiy jurnalistika bilan ham shug‘ullangan. Shu bois uning ijodida urush mavzusi ustunlik qiladi. Zotan, u qo'lga qurol olib, vatan himoyasiga otlangan o‘g‘lonlar hamda front orti zahmatkashlari haqida ham qator asarlar yaratdi. Xususan, yozuvchi qalamiga mansub «Hayot va qismat» romanida Stalingrad jangiga u yoki bu darajada daxldor odamlaming taqdirini hikoya qiladi. Oddiy insonlaming mashaqqatli sinovlar davridagi qahramonliklari katta mahorat ila yorqin bo'yoqlarda tasvirlangan ushbu asar keng kitobxonlar ommasiga manzur bo`ladi, degan umiddamiz.
- 16
- 93