Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar

Alvido, Qurol
E.M. Heminguey
Dunyo miqyosida mashhur adib, «Nobel» mukofoti sovrindori Ernest Xemingueyning «Alvido, Qurol» romani undagi qahramonlarning fikr-xayollari, kechmishlari orqali urushning insoniyat boshiga solgan mudhish kulfatlari haqida o‘ylashga, tinchlikning qadriga yetishga chorlaydi. Aziz kitobxon, serqirra ijodkorning millionlab nusxalarda chop etilgan asarlarini mutolaa qilishga shoshiling.
- 91
- 523
Uch og'ayni
Erix Mariya Remark
«Uch og‘ayni» romani rus tilida birinchi marta chop etilishi bilanoq katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, kitob ketma-ket millionlab nusxada nashr etildi. Shunda ham talabni qondirib bo‘lmadi. Odamlar romanni bir-birlaridan so‘rab olib o‘qishga kirishdilar. Kutilmaganda rasmiy doiralar, kommunistik mafkura himoyachilarining paytavasiga qurt tushib qoldi. Ular Remarkni g‘oyasizlikda ayblab, uning ijodiga shiddat bilan tosh ota boshladilar.
Hatto «remarkchilik» degan mashʼum atama ham paydo bo‘ldi. Bu sharpa O‘zbekistonga ham yetib keldi. Ayrim tanqidchi va yozuvchilarimiz, bizga Remark asarlari kerak emas, bu asarlar kommunizm qurayotgan yoshlarimizni yo‘ldan ozdiradi, deb g‘avg‘o ko‘tara boshladilar. Shu tufayli uning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishga hech kim jurʼat etmadi.
Oradan qirq yil vaqt o‘tdi. Mana, nihoyat, shu kunlarga ham yetib keldik. Tarixning qudratli va qaysar charxpalagi o‘z ishini qildi... Endi, sizga taqdim etilayotgan «Uch og‘ayni» romaniga kelsak, asar qahramonlari jamiyatda biror lavozim yoki nufuzga ega bo‘lmagan “mayda” odamlar. Ammo ularning ham faylasuf olimlar va nazariyotchilarnikiga o‘xshamaydigan o‘z falsafalari va o‘z mantiqlari bor.
Qizig‘i shundaki, biz ularning fikr-mulohazalari yoki xatti-harakatlariga eʼtiroz bildirolmaymiz, aksincha, asarni o‘qish jarayonida jamiyat chetga surib tashlagan bu oddiy odamlarga hurmatimiz ortib boradi.
- 112
- 520

Yanki va qirol Artur
Mark Tven
Taqdim etilayotgan asarning bosh qahramoni o'n to'qqizinchi asrdan oltinchi asr Angliyasiga tushib qoladi. Bosh qahramonning Amerikaning Konnektikut shtatida bo'lishi ham bejiz emas. Yozuvchi umrining so'nggi yillarini Konnektikut shtatidagi Redding qishlog'ida o'tkazadi va shu yerda vafot etadi.
Oltinchi asrga tushib qolgan Yanki g'addor va qoloq jamiyat hukm surgan Angliyada yangi tuzum - xalq kuchiga tayangan demokratik jamiyat qurmoqchi bo'ladi va bu kurashda bir guruh hukmron feodal doiralarining, o'zining mustabid siyosatini o'tkazayotgan rim katolik cherkovining qarshiligiga duch keladi.
Romanning yana bir muhim jihati shundaki, Mark Tven cherkovning insoniyat taraqqiyoti yo'liga to'g'anoq boʻlishini, hukmron sinf tomonida turib xalq qonini so'radigan tekinxo'r bir maraz ekanligini yorqin bo'yoqlar bilan chizib beradi; cherkovning kirdikorlarini fosh etib, uni qattiq tanqid qiladi.
- 96
- 769

Фарғона тонг отгунча
Мирзакалон Исмоилий
"Фарғона тонг отгунча"нинг ушбу иккинчи китоби аввалгисидан қарийб ўн йил кейинги воқеаларни ўз ичига олади. Бунда Дилшод билан Тўтиқиз бошидаги ғавғолар, севги-муҳаббат, Тешабой, Ашурмирзо, фосиҳ афанди, Ҳожи хола кирдикорлари, Ғуломжон , Қудрат, Ольга Петровна, Замон, Жамолиддин ва бошқаларнинг қора кучларга қарши курашлари тавирланади.
"Сўнгги кеча" номли бу китобнинг ҳам тили аввалгисидек равон ва жозибали.
- 167
- 555
Amir Temur
Bo'riboy Ahmedov
Taniqli tarixchi olim va adib Bo‘riboy Ahmedov nomi sizga yaxshi tanish. Uning «O‘zbek ulusi», «O‘rta Osiyo xalqlari tarixi manbalari», «Mirzo Ulug‘bek», «Tarixdan saboqlar» singari o‘nlab kitoblari, yirik tadqiqotlari O‘zbekistondagina emas, xorijiy ellarda ham mashhur. Bo‘riboy Ahmedov uzoq yillik izlanishlardan so‘ng ulug‘ bobomiz Amir Temurga bag‘ishlangan asarini yozib tamomladi.
«Amir Temur» tarixiy romani vatandoshimiz, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tug‘ilgan kunining 660 yilligiga munosib tuhfa bo‘ladi, degan umiddamiz.
- 129
- 520
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
- 67
- 68
- 69
- 70
- 71
- 72
- 73
- 74
- 75
- 76
- 77
- 78
- 79
- 80
- 81
- 82
- 83
- 84
- 85
- 86
- 87
- 88
- 89
- 90
- 91
- 92
- 93
- 94
- 95
- 96
- 97
- 98
- 99
- 100
- 101
- 102
- 103
- 104
- 105
- 106
- 107
- 108
- 109
- 110
- 111
- 112
- 113
- 114
- 115
- 116
- 117
- 118
- 119
- 120
- 121
- 122
- 123
- 124
- 125
- 126
- 127
- 128
- 129
- 130
- 131
- 132
- 133
- 134
- 135
- 136
- 137
- 138
- 139
- 140
- 141
- 142
- 143
- 144
- 145
- 146
- 147
- 148
- 149
- 150
- 151
- 152
- 153
- 154
- 155
- 156
- 157
- 158
- 159
- 160
- 161
- 162
- 163
- 164
- 165
- 166
- 167
- 168
- 169
- 170
- 171
- 172
- 173
- 174
- 175
- 176
- 177