Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Jaloliddin Rumiy
Radiy Fish
Aziz kitobxon! Yaxshi kitob mutolaasi – ko‘ngil bayrami. Yaxshi kitobni qo‘lga oldingiz, bayramingiz muborak bo‘lsin! Bu kitob bashariyat shoiri deb dong taratgan hazrati Mavlono haqida, uning dunyoning kitobi deb nom qozongan buyuk asari – «Masnaviy ma’naviy»ning yaratilish tarixi xususida.
2007 yil YuNESKO qarori bilan jahon bo‘ylab Jaloliddin Rumiy yili deb ataldi va dunyo mamlakatlarida Mavlono tavalludining muborak sakkiz yuz yilligi bayram qilindi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus majlisi ana shu sanaga bag‘ishlandi.
Hali dunyo ahli biror olimu allomaga bu qadar izzatu ehtirom ko‘rsatmagan. Boshdan-oxir bir qo‘shiqdek jaranglovchi bu roman sizni ana shu ulug‘ siymoning munavvar dunyosiga boshlab kiradi va siz uning umrbod maftuni bo‘lib qolasiz.

- 226
- 943
Guliston
Sa'diy Sheroziy
Sadiy Sheroziyning “Guliston” asari faqat fors adabiyotining emas, umumadabiyotning mulkidir. Ushbu asar 1634 yil- dayoq fransuz va boshqa tillarga tarjima qilingan edi. Mashhur adiblar Gyote, Gyugo va Pushkinlar o‘z davrida bu asardan qattiq ta'sirlanishgan.
Asar falsafiy - didaktik ruhda yozilgan bo‘lib, unda turli ko‘rinishdagi axloqiy masalalarga urg‘u beriladi. “Yomon bo‘lma, yolg‘on gapirma, birovga ozor yetkazma” kabi oddiy, biroq muhim haqiqatlar turfa hikoyatlar orqali badiiy aks ettirilgan.

- 175
- 1081
Qutadg‘u bilig
Yusuf Xos Hojib
Ulug‘ shoir Yusuf Xos Hojib tavalludiga 1000 yil to‘ldi. Barcha turkiy xalqlar qatori o‘zbek xalqi uchun ham beqiyos ahamiyatga molik “Qutadg‘u bilig” dostoni yaratilganiga esa bu yil 950 yil to‘ldi. Uo‘bu yirik sana YUNЕSKO qarori bilan butun dunyoda keng nishonlamoqda.
Aziz kitobxon! Sizning hukmingizga havola qilinayotgan mazkur doston tabdili oldingi nashrlardan farq qilib, to‘rt yuzdan ziyod yangi topilgan misralar bilan to‘ldirilgan. Bu ezgu ish “Qutadg‘u bilig‘” dostonidan keng kitobxonlar ommasi yaqindan bahramand bo‘lishiga, qolaversa xalqimiz ma’naviyati yanada yuksalishiga qaratilgani bilan e’tiborga molikdir.

- 261
- 1007
Judolik diyori
Murod Mansur
“Judolik diyori” romaning mazkur ikkinchi kitobida siz, azizlar, birinchi kitobda o‘qib, mehr qo‘yganingiz qahramonlar – Sultonmurod, Marg‘ubalarning taqdirlari, Mahfuza, Yodgormurod, Hoziq to‘ra, Eshon pochcha va diyoridan adashgan turnalardek hali-hanuz to‘zib yurgan qavm hayoti-kechinmalaoi bilan tanishasiz. Adib bu asarda sarguzasht unsurlaridan mahorat bilan foydalanganki, bu sizni befarq qoldirmaydi, deb o‘ylaymiz.

- 166
- 1100
Cho'lpon she'rlari
Abdulhamid Cho'lpon
O‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Yunusov — Cho‘lpon 1897 yilda Andijonning «Qatorterak» mahallasida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Uning ilk ijodi ijtimoiy va madaniy hayot haqida xabarlar yozish bilan boshlangan. Otashqalb shoirning yuksak hissiyotga yo‘g‘rilgan she’rlari tezda uni elga tanitdi, turkiy dunyoga mashhur qildi. Ayni chog‘da uning hurlikni, ozodlikni alqagan she’riyati o‘zbek xalqida ona diyorga muhabbat, mustamlakachilarga nafrat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyaladi.
Cho‘lpon nasrda ham ijod qildi. Uning nazokat va nafosatga vobasta qalami «Oydin kechalarda», «Qor qo‘ynida lola» hikoyalarida va «Kecha va kunduz» romanida yorqin aks etgan. Adib jahon adabiyotining nodir asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girdi. Shoir tarjimasidagi V. Sheksspirning «Hamlet»i o‘zbek tarjima san’atining shoh namunasidir.

- 148
- 1135
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
- 67
- 68
- 69
- 70
- 71
- 72
- 73
- 74
- 75
- 76
- 77
- 78
- 79
- 80
- 81
- 82
- 83
- 84
- 85
- 86
- 87
- 88
- 89
- 90
- 91
- 92
- 93
- 94
- 95
- 96
- 97
- 98
- 99
- 100
- 101
- 102
- 103
- 104
- 105
- 106
- 107
- 108
- 109
- 110
- 111
- 112
- 113
- 114
- 115
- 116