Janrlar
Teglar
Eng ko'p o'qiladigan adabiyotlar
Kimyo olamiga sayohat
Mahmud Primqulov
Qo‘lingizdagi ushbu kitobda kimyoning o‘zi nima, u qanday paydo bo‘lgan, uning rivojlanish tarixi qanday kechgan degan savollarga javob topasiz hamda kimyoviy elementlar qachon va qaysi olim tomonidan kashf etilganini bilib olasiz. Kimyoviy elementlar yordamida sahna ko‘rinishlari orqali ularning xossa-xususiyatlari bilan tanishasiz. Shuningdek, kitobda o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari uchun olimpiada masalalari ham berilgan.

- 234
- 871
Уруш ва тинчлик
Лев Толстой
Роман-эпопея жанрининг энг шоҳ асарларидан бўлмиш мазкур машҳур «Уруш ва тинчлик» романи кўлами жиҳатидан дунё адабиёти ихлосмандлари томонидан юксак эътирофларга сазовор бўлган. Бугун ушбу асарни жуда соғинган ва унинг янги нашрини интиқлик билан кутаётганлар кўп. Бунда, албатта, Толстой даҳоси ҳақида гапириш ўринли бўлади.
Россиянинг Наполеон томонидан босиб олиниши мумкин бўлган бир вақтда бошқалардан ўзларини устун деб билган турли табақаларни душманга қарши кураш воситасида бирлаштирган, айни пайтда эса рус халқининг маиший ҳаёти ва уларнинг дунёқарашини тўла-тўкис ифодалаган «Уруш ва тинчлик» асарининг дунёга келиши ўз даври учун катта воқеа эди.

- 257
- 1000
Bir elchining manifesti
Hafiz Pashayev
Ozarbayjonning AQSHdagi birinchi elchisi Hafiz Pashayevning ushbu kitobida ikki davlat o'rtasidagi aloqalarning o'rnatilishi va rivojlanishiga oid esdalik hamda mulohazalari, bu aloqalarning strategik hamkorlik darajasigacha ko'tarilishi bayon etilgan.
Ozarbayjon elchixonasining Vashingtonda 1992-2006-yillardagi faoliyati va boy shaxsiy taassurotlarga asoslanib yozilgan ushbu kitobda mavzularning keng qamrovligi bilan bir qatorda, o'sha davrdagi siyosiy va ijtimoiy voqealarning qiziqarli tafsilotlari yoritib berilgan.

- 216
- 976
Baloyi nafs
Vladimir Kunin
Uzoq yillar davomida eng ko‘p sotilgan kitoblardan biri sanalmish mazkur qissada sobiq Ittifoq davrining fojiali hayoti ko‘rsatib berilgan.
Leningradlik Tanya Zayseva misolida yengiltak ayollarning qismati, o‘sha davrda boshqa davlatlarda oddiy holat sanalgan valyuta ayrboshlash orqali qamalib ketgan insonlarning taqdiri, qog‘ozbozlik, har bir gap-so‘z, xatti-harakatdan shubhalanadigan va o‘z xalqi vakiliga ishonmaydigan kuch ishlatar tizimning zulmi, o‘z joniga qasd qilgan ona timsoli o‘quvchini qayg‘uga soladi. Ammo aslida bu ham o‘sha davrdagi haqiqiy hayotgacha dahshatomuz emas.

- 167
- 757
Gonkongdan kelgan tobut
Jeyms Cheyz
Dunyo miqyosida mashhur hisoblangan ushbu asar o‘tkir syujetga, turfa sarguzashtlarga boyligi bilan ajralib turadi. Unda tinib-tinchimas izquvar Nelson Rayanning bir qotillik tafsiloti bilan bog‘liq voqealarga o‘ralashib qolishi, buning natijasida kutilmagan dahmazalarga duchor bo‘lishi, Gonkongdek ulkan shaharda surishtiruv olib borishi, razil va manfur kimsalarga qarshi kurashi aks etadi. U haqiqatning tubiga yetish uchun o‘z hayotini xatarga qo‘yadi, bir necha bor o‘limga chap beradi.
Xo‘sh, mohir izquvar niyatiga yetarmikan? Gonkongdan kelgan tobut tilsimi ochilarmikan? Kitob detektiv ishqibozlariga, keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

- 140
- 745
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
- 67
- 68
- 69
- 70
- 71
- 72
- 73
- 74
- 75
- 76
- 77
- 78
- 79
- 80
- 81
- 82
- 83
- 84
- 85
- 86
- 87
- 88
- 89
- 90
- 91
- 92
- 93
- 94
- 95
- 96
- 97
- 98
- 99
- 100
- 101
- 102
- 103
- 104
- 105
- 106
- 107
- 108
- 109
- 110
- 111
- 112
- 113
- 114
- 115
- 116
- 117
- 118
- 119
- 120
- 121
- 122
- 123
- 124
- 125
- 126
- 127
- 128
- 129
- 130
- 131
- 132
- 133
- 134
- 135
- 136
- 137
- 138
- 139
- 140
- 141
- 142
- 143
- 144
- 145
- 146
- 147
- 148
- 149
- 150
- 151
- 152
- 153
- 154
- 155
- 156
- 157
- 158
- 159
- 160
- 161
- 162
- 163
- 164
- 165
- 166
- 167
- 168
- 169
- 170
- 171
- 172
- 173
- 174
- 175
- 176
- 177
- 178
- 179
- 180